Raketalar Dinamikasi




Raketalar dinamikasi — reaktiv dvigatelli uchish apparatlari harakatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Raketalar dinamikasining nazariy asoslari 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida yaratiddi, 20-asr 40-yillari oxiridan jadal rivojlana boshladi. Boʻlimlari: 1) raketalarning ogʻirlik markazi harakatini oʻrganish; bunda trayektoriyalarga oid masalalar nazariyasi yaratiladi; 2) raketalar harakatini ogirlik markaziga nisbatan oʻrganish; bunda kosmik kemalarni kosmosda tutashtirish, raketalarni boshqarish, moʻljalga toʻgʻrilash va boshqa masalalar hal qilinadi; 3) eksperimental Raketalar dinamikasi; bunda raketalar harakatini tadqiq qilishning eksperimental usullari oʻrganiladi. Raketalar dinamikasida optik va radiotexnik asboblar, kompyuterlar qoʻllaniladi, ehtimoliy jarayonlar nazariyasidan foydalaniladi.

Raketalar dinamikasining asosiy vazifalaridan biri — dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlarini oʻrganish. Raketa uchayotganda yonilgʻi yonishi tufayli massasi ancha kamayadi. Mas, bir bosqichli raketalar tezlik olish (start) paytida dastlabki ogʻirligining 90% ini yoʻqotadi. Dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlari oʻzgaruvchan massali jismlar mexanikasi tenglamalari orqali ifodalanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz