Rakat masjidi
Rakat masjidi — Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan masjid. Masjidning eski binosi xozirgi Nizomiy nomidagi Pedagogika Universiteti oldidagi daraxtzorlar oldida bo‘lgan.
Tarixi
Masjid tarixi haqida qisqacha ma'lumot: “Rakat” mahallasida yashovchi Mirjalil ota o‘ziga tegishli bo‘lgan bog‘laridan sakkiz sotix yer ajratib, bu joyga masjid qurish uchun vaqf qilib bergan.
Shundan so‘ng Mirhamid ota va Nizomiddin qozi domla boshchiligida 1954 yil mahalla fuqarolari xashari yo‘li bilan masjid tiklangan. Shu yildan boshlab masjid o‘z faoliyatini boshlagan. 2007-yilda masjid qayta ta’mirlangan. Ayni paytda qurilish jarayonlari davom etmoqda. Muftiy Nuriddin Xoliqnarazov bir necha marta qurilish jarayoniga tashrif buyurgan.
Imom-xatib: Rabbimqul domla Muxammadiyev Manbalar
uz.wikipedia.org