Rakat koʻchasi (Toshkent)
Rakat koʻchasi — Yakkasaroy tumanining „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida. Bobur va M. Hojinova koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida. Askiya, Jamshid Shoshiy, Imom at-Termiziy, Botir Boboev koʻchalari bilan kesishgan.
Tarixi
XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. 1971-yil 22-oktabrdan Shopoʻlat Abdullaev nomi bilan atalgan. 2008-yil 2-sentabrda joyning tarixiy nomi sifatida hamda joydagi asosiy koʻcha nomini mahalla nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida „Rakat“ nomi berilgan.
Binolar
Yoʻnalishida 135-maktab, 6-bogʻcha, Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro maktab, engil sanoat kasb-hunar kolleji, tuman xalq banki filiali, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, „Askiya“ bozori, Doʻstlik (sobiq Bobur) nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Tabassum“ kafesi joylashgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org