Rajendra Prasad (aktyor)
Gadde Rajendra Prasad (1956-yil 19-iyulda tugʻilgan) hind aktyori boʻlib, asosan telugu filmlarida rol ijro etadi. U toʻrtta Andhra Pradesh shtati Nandi mukofoti, uchta SIIMA mukofoti va uchta Santosham Film mukofoti sohibi.
Prasad 1977-yilda Sneham filmida ilk rolini ijro etdi. U Erra Mandaram (1991) va Aa Naluguru (2004) filmari uchun eng yaxshi aktyor – Nandi mukofotini oldi. Shuningdek, u Andhra universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan. 2012-yilda u "Dream" tibbiy trillerida rol oʻynadi va buning uchun Kanada xalqaro kinofestivalida Royal Reel mukofotiga sazovor boʻldi.
Mississaugada oʻtkazilgan Kanada Telugu Alyanslari tomonidan „Hasya Kireeti“ unvoniga sazovor boʻldi. U, shuningdek, 2009-yilda boʻlib oʻtgan IIFA kinofestivalida yashil gilamdan oʻtish sharafiga muyassar boʻlgan va ingliz tilidagi "Quick Gun Murugun" filmidagi oʻzining chiqishini nishonlagan.
Hayotining boshlanish davri
Prasad Andxra-Pradesh shtatining Nimmakuru shahrida Gadde Venkata Narayana va Manikyamba oʻrta xol oilada tugʻilgan. Uning ota-onasi Andhra-Pradesh shtatining Krishna tumanidagi Dondapadu shahridan boʻlgan. Uning otasi o'qituvchi edi. Prasad kino sanoatiga kirishdan oldin keramika muhandisligi boʻyicha o'qigan. U kompaniyaga ishga kiradi, lekin u juda yosh boʻlgani uchun ishdan ketishga majbur boʻladi. NTR va N. Trivikrama Rao taklifi bilan u aktyorlik maktabida taxsil oladi.
Shaxsiy hayoti
Rajendra Prasad Vijaya Chamundesvari bilan turmush qurgan. U Rama Prabhaning qizi. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi bor.
uz.wikipedia.org