Rajabov Telman Dadayevich




Telman Dadayevich Rajabov (1935.15.8, Samarqand — 2020.13.8) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), fizikamat, fanlari doktori (1982), professor (1983). Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (195965), Fizikatexnika instituti (1969-yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966—86), Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalashkonstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti) rektori (1992—98), shu universitet krshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar oʻquv markazi direktori (1998—2001), oʻsha universititda kafedra mudiri (1999-yildan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yoʻldoshlarni faol elektrostatik muhofazalash, korroziyaga karshi krplamalar olish va maxsus ion manbalari yaratish, turli materiallar va krplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalash masalalari va boshqalarga doir. R. rahbarligida xalq xoʻjaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritish, biologik preparatlarni liofil usulda quritish va boshqalar) uchun sanoat qurilmalari yaratildi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz