Rainbow




Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi 1845-yilda New Yorkda yaratilgan yelkanli kemaning bir turi. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi „Howland & Aspinwall“ firmasi tomonidan yaratilgan.

Yuk tashuvchi kema



"Rainbow" yuk tashuvchi kema hisoblangan. Kema 1845-yilda John W. Griffitsning gʻoyalariga muvofiq qurilgan va keyingi yili „Sea Witch“ nomli yuk tashish kemasi bilan birgalikda dengizga chiqarilgan. Ikkala kema ham AQShning dengiz savdosidagi qudratiga yetarllicha taʼsir koʻrsatgan. Dastlabki taxminlarda, „Rainbow“ yuk tashish kemasi birinchi safari chogʻida ketadi degan boʻlsa-da, kemaning keyingi muvaffaqiyati Boston, New York, Filadelfiya va Britaniya ishlab chiqarish kompaniyalaridagi kemasozlik sohasida yangi dizayn sifatida qabul qilinishiga olib keldi.

Dizayni



"Rainbow" yuk tashish kemasining dizayni yuk tashish hajmini tezlik foydasiga ishlatish konsepsiyasi asosida yaratilgan. Griffitsning gʻoyalariga koʻra, "Rainbow" yuk tashish kemasi suv ustidagi kamonning choʻzilishi, oldinga tanasining tortilishi va oʻtkirlashishi va eng katta enini orqaga (oldingi dizaynlarga qaraganda orqaga, oldinga emas) oʻz ichiga oladi. Yuqoridagi oʻzgarishlar "Rainbow" yuk tashish kemasining suvga chidamliligini minimallashtirishga taʼsir koʻrsatdi. "Rainbow" yuk tashuvchi kemasini John W. Griffits oʻzining oldingi kemasining („Ann McKim“) dizaynnini oʻrganib chiqqanidan soʻng yaratgan.

Dengizga chiqarilishi



"Rainbow" yuk tashuvchi kemasi har jihatdan ajoyib kema ekanligini isbotlangan, eng muhimi, u juda tez edi.

Birinchi dengiz safari davomida „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasini kapitan Land boshqargan. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi New Yorkka 1845-yil 19-sentyabrda qaytib kelgan. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi oʻzining birinchi dengiz safarida 7 oy va 17 kun dengizda boʻlgan.

Xitoyga ikkinchi safarida „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi atigi toʻqson ikki kun ichida shimoli-sharqiy mussonga qarshi chiqdi va 1848-yil 29-fevralda New York shahriga qaytib keldi va shamolda yaxshi suzish qobiliyatini namoyish etdi. Oʻshandan beri juda kam sonli yuk tashish kemalari „Rainbow“dan koʻra yaxshiroq natijaga erisha olishgan.

Gʻoyib boʻlish



1848-yil 17-martda „Sea Witch“ nomli yuk tashish kemasi New Yorkka yetib keldi va Kantondan AQShgacha boʻlgan masofani 77 kunda bosib oʻtish rekordini oʻrnatdi.

Oʻsha kuni „Rainbow“ yuk tashish kemasi New Yorkdan Valparaiso va Xitoyga beshinchi safarini kapitan Hayes boshchiligida boshlagan edi. „Rainbow“ yuk tashish kemasi New Yorkni tark etganidan soʻng qaytib kelmagan va uni hech qayerdan topishning iloji boʻlmagan. Uni Keyp Horn yaqinida gʻoyib boʻlgan deb taxmin qilishadi.

Rangi



Boshqa kemalardan farqlash uchun „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasining pastki qismi yashil rangga boʻyalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz