Rai
Rai Souza Vieira de Oliveira (portugalcha: Raí Souza Vieira de Oliveira) — braziliyalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi.1965-yil 15-mayda Braziliyaning San-Paulu shtati Ribeyran-Pretu shahrida tavallud topgan.1994-yilgi jahon chempioni.Braziliyalik mashhur futbolchi Sokratning ukasi."San-Paulu" klubi bilan Libertadores kubogi va Qit'alararo kubokning ikki karra gʻolibi (1992 va 1993).
Faoliyati
Rai soliq agenti Raymundo oilasida toʻrtinchi farzand boʻlib tugʻilgan.Yoshligida futbolni jiddiy mashgʻulot deb hisoblamagan.Futbolchilik faoliyatini 1983-yil „Botafogo“ klubining yoshlar jamoasida boshlagan.Yoshlar jamoasida 1983—1984-yillar davomida oʻynagan.Keyin 1984—1987-yillar „Botafogo“ klubi asosiy tarkibida 38 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.1987-yil „Ponte-Preta“ klubida 10 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan.1987—1993-yillar davomida „San-Paulu“ klubida 306 ta oʻyinda 111 ta gol urgan.1993—1998-yillar oraligʻida Fransiyaning „PSJ“ klubida 145 ta oʻyinda 51 ta gol urgan.1998-yil yana „San-Paulu“ klubiga qaytdi va 2 yil davomida 87 ta oʻyin oʻtkazib 13 ta gol urgan.Braziliya terma jamoasida esa 51 ta oʻyinda 16 ta gol urgan.2017-yil 7-dekabrda u „San-Paulu“ klubi Futbol departamenti (diretor executivo de futebol) ijrochi direktori etib tayinlandi.2021-yil 1-fevralda u „San-Paulu“ bosh murabbiyi Fernondo Dinis ishdan olingach Rai ham jamoadagi lavozimidan shu zahotiyoq isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
„Butsasini qoziqqa ilib“ futbolchilik faoliyatini yakunlagach, xayriya ishlari bilan shugʻullanadi.2006-yilda Fransiyaning „Pari Sen-Jermen“ klubini bosh murabbiy sifatida ish olib borgan.
2013-yil dekabr oyida Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangan.
Yutuqlari
Jamoaviy
Shaxsiy
Manbalar
uz.wikipedia.org