Rahmonqul Orzibekov




Rahmonqul Orzibekov  — (1931, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi — 2011) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1983), professor.

Faoliyati



Samarqand Davlat universitetini tugatgan (1956). Samarqand Davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi (1956—1958), oʻzbek adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, professor (1961-yildan).

Asarlari



„Oʻzbek lirik sheʼriyatida gʻazal va musammam“, „Tuyuq poetikasi“, „Oʻzbek sheʼriyatida murabbaʼ“, „Oʻzbek sheʼriyatida sirli-sinkretik janrlar“, „Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida anʼanaviy janrlar“ (hammuallif), „Oʻzbek sheʼriyati janrlari“ (2-qism), „Sheʼriy sanʼatlar tahlili“, „Oʻzbek adabiyoti tarixi (XVII-XVIII asrlar)“, „XIX asrning birinchi yarmi oʻzbek adabiyoti tarixi“, „Oʻzbek adabiyoti tarixi(milliy uygʻonish davri)“ va boshqa koʻplab monografiya, oʻquv qoʻllanmalari, maqolalar toʻplamlari chop etilgan.

Mukofotlari



„Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan (1995).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz