Rahmon Muhammadiyev




Rahmon Omonovich Muhammadiyev (1946.14.5, Denov tumani, Chagʻon qishlogʻi) – koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu institut koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969–71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya institutida aspirant (1971–74). Samarqand shahri, keyinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974–81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981–83). 1984-85 yillar Denov tumani, 1986-yildan Surxondaryo viloyati koʻz kasalliklari kasalxonasi bosh vrachi. Ilmiy ishlari koʻz kasalliklari xirurgiyasiga oid. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputati.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz