Rahmatullo yusuf o'g'li




Rahmatullo yusuf oʻgʻli (1917.10.3, Samarqand viloyati Nurota tumani — 1987) — oʻzbek xalq dostonchisi.

Kurgʻon dostonchilik maktabi vakili. Ergash Jumanbulbul oʻgli va Poʻlkan Muhammadqul Jomurod oʻgʻlining shogirdi. Undan "Tohir va Zuxra", "Sumanbar", "Zevarxon", "Varqa va Gulshoh", "Rustamxon", "Alpomish" va boshqa 20 dan ortiq dostonlar, termalar, oʻzi ijod etgan sheʼrlar yozib olingan, baʼzilarini oʻzi xatga tushirgan. Ular Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Dostonlari "Oʻzbek xalq ijodi" turkumida nashr etilgan (1974).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz