Rahmatullo Abdullayev




Rahmatullo Abdullayev  — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiya



Abdullayev Rahmatullo 1938-yil Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ga  aʼzo hisoblangan.

1961-yildan hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat koʻrsatishni boshlagan.

1961-1995-yillarda — Samarqand viloyat partiya qoʻmitasida agronom, partiya mas’ul xodimi, Samarqand viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand okrug qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR bogʻdorchilik vaziri lavozimlarida xizmat qilgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-,12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Rahmatullo Abdullayev 1995-yildan keyin vafot etgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz