Rahmatullin Xalil Ahmedovich




Xalil Ahmedovich Rahmatullin (1909, Toʻqmoq shahri, Qirgʻiziston — 1988.10.1, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947), Oʻzbekiston va RSFSR da xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959, 1967). Mehnat Qahramoni (1979), fizikamat, fanlari doktori (1943), professor (1943). Moskva universitetini tugatgan (1934). Shu intda aerodinamika laboratoriya (1937— 52), gaz va toʻlqinlar dinamikasi kafedrasi (1952—88) mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumi aʼzosi va texnika fanlari boʻlimi raisi (1947—52). Oʻzbekistonda koʻp fazali muhitlar gidrodinamikasi ilmiy maktabi asoschisi. Asosiy ilmiy ishlari elastik va elastikplastik muhitlarda toʻlqinlar tarqalishining dinamik nazariyasi, elastik bogʻlanishlar boʻyicha koʻndalang zarba nazariyasi, tuproq dinamikasi, singdiruvchi jismlar aerodinamikasi, parashyutlar nazariyasi va koʻp fazali tizimlar mexanikasiga doir. R.yuk tushadigan (nagruzkali) va yuk tushmaydigan (nagruzkasiz) toʻlqinlar mavjudligini kashf qildi (ular "Rahmatullin toʻlqinlari" nomini oldi). Bu kashfiyot inshootlar zaminini hisoblash va ularni loyihalashda, kema zirhi mustahkamligini aniqlash va boshqa masalalarni hal qilishda qoʻllaniladi. R.ning aerostatlarning troslarga koʻndalang urilishiga bagʻishlangan ishlari Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskva mudofaasi tizimini tayyorlashda keng qoʻllanildi. R. rahbarligida paxta chigitidan lint (kalta tolalar) ni aerokimyoviy usul bilan ajratib olish texnologiyey va nazariyasi ishlab chiqildi.

Oʻzbek olimlari F. Abutaliyev, Ye. I. Buzin, G. A. Koshevnikov, J. Fayzullayev va boshqa R.ning shogirdlari hisoblanadi. R. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1968). Toshkentdagi koʻchalardan biri R. nomi bilan atalgan.

Manbalar




Adabiyot




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz