RAHMATOVA MARTIYA AHMEDOVNA (1955. 8.3, Buxoro tumani Arabxona qishlog’i) — ilg’or ishchi, O’zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1973 yilda Buxoro yigiruv-to’quv fabrikasi (hozirgi “Buxoro-teks” aktsiyadorlik jamiyati) da oddiy ip yigiruvchilikdan boshlagan. 1994 yildan hozirgacha shu korxona 1-yigiruv tsexida yigiruvchi. Rahmatova mehnat faoliyati davomida ilgor texnologiyalarga tayangan holda 3-4 ta dastgohda ishlashni o’zlashtirdi, dastgohlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab, ish normasini oshirib bajarishga erishdi, ishlab chiqariladigan kalava ipning yuqori sifatli bo’lishini ta’minladi. Ko’plab shogirdlar yetishtirdi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1996).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish