Rahmatova Farogʻat




Farogʻat Rahmatova (1926-yil 25-may — Qarshi, 2014-yil — Toshkent) — aktrisa va xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1964).

Ijodi



Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan (1944—45). Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida „Yoriltosh“ spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan (1940). Keyinchalik Buxoro teatrida (Shirin, „Farhod va Shirin“; Muhabbat, „Davron ota“), Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl teatrida (Oksana, „Qoʻchqor Turdiyev“; Guloyim, „Muqanna“; Zuhra, „Tohir va Zuxra“, Guljon, „Nasriddin Buxoroda“; Oftobxon, „Oftobxon“ va boshqalar)’ ishlagan. 1948-yil Toshsovet teatri Muqimiy teatriga qoʻshilgandan buyon, shu teatr aktrisasi. Teatr sahnasida rang-barang obrazlar yaratib elga tanildi: Sarvi (Uygʻun; M. Leviyev, „Oltin koʻl“,) Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, „Alpomish“), Darijon (T. Sobirov; M. Yusupov, „Uch bahodir“), Sanam (A. Bobojon; M. Yusupov, „Aziz va Sanam“), Obidaxon (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Mushel, „Mavlono Muqimiy“), Zulxumor (Komil Yashin; T. Jalilov, „Ravshan va Zulxumor“), Kumush (D. Fayziy, „Zarafshon qizi“), Risolat pari (H. Gʻulom; M. Leviyev, „Toshbolta oshiq“), Hayotxon (M. Ismoiliy; D. Soatqulov, „Fargʻona tong otguncha“), Ona (X. Rasul; M, Yusupov, „Muqaddas diyor“; R. Maʼdiyev; B. Lutfullayev, „Takdir“), Zubayda (R. Maʼdiyev; F. Olimov, „Devona“) va boshqa Uning qaxramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining anikligi, taʼsirchanligi, nozik oʻynoqi qochirimlari, oʻziga xos talqin1; bilan ajralib turadi. R. xonanda sifatida ham el orasida mashxur. „Diyorimsan“, „Goʻzal“, „Tuprogʻim mening“, „Yoring unutma“, „Yordan salom kelibdir“, „Vafo qilsa“, „Onajon“, „Unutma“, „Gul mavsumi“, „Dugoh“ kabi qoʻshiq va ashulalarning betakror ijrochisi. „Mehnat shuxrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1992).

Shaxsiy hayoti



1926-yil 25-may sanasida Qarshi shahrida tugʻilgan. Otasi kosib boʻlib oila boqqan.

Manbalar




Havolalar



https://arboblar.uz/uz/people/rakhmatova-farogat

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Rahmatova Farogʻat haqida aniq ma'lumot berish uchun qo'shimcha kontekst kerak bo‘ladi, chunki bu ism ko‘plab sohalarda yoki hududlarda uchrashi mumkin. Agar sizda u haqidagi ma'lum bir soha (masalan, ta'lim, san'at, sport yoki boshqa sohalar), faoliyat tarixi yoki yuritayotgan ish joyi haqida ma'lumot bo‘lsa, iltimos, ulashing. Shunda men sizga yanada to‘liq va aniq ma'lumot bera olaman.

Umuman olganda, "Rahmatova Farogʻat" Oʻzbekistonda keng tarqalgan familiya va ism bo‘lib, bunday ismga ega shaxslar turli kasblarda faoliyat yuritishlari mumkin.

Agar siz ma'lum bir shaxs haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering yoki o‘zingiz qiziqayotgan sohani aniqlang. Shunda men sizga kerakli ma'lumotni tayyorlab bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz