Rahmatov Abduraxmon Chorshanbiyevich




Abduraxmon Chorshanbiyevich Rahmatov (1932.7.11, Termiz tumani — 1999.8.10, Termiz) — Oʻzbekiston xalq artisti (1985). 1960-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining aktyori. Murodxonov, Sunnat, Parvoz (H. Gʻulom, „Fargʻona hikoyasi“, „Toshbolta oshiq“, „Ajab savdolar“), Hoji (Komil Yashin, „Nurxon“), Devona (S. Jamol, „Guli siyoh“), Rustam (U. Umarbekov, „Uliklar kechirmaydi“), Dargʻa (Hamza, „Maysaraning ishi“), Ashuraliyev (A. Qaxdor, „Ayajonlarim“), Mirza (Shuhrat, „Besh kunlik kuyov“), Utkuriy (Uygʻun, „Parvona“), Samandarov (J. Jabborov, „Oʻjarlar“), Vurm (F. Shiller, „Makr va muhabbat“), Borisov (A. Ibrohimov, „Zoʻldir“), Qahxrr (M. Hazratqulov, „Qaytar dunyo“), Yalla bobo (M. Boboyev, „Soʻnmasin chiroq“) kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan.

R. ijodi qaxramonlari dunyoqarashi mohiyatini, insoniylik fazilatlarini aniq ifodalay olishi bilan ajralib turadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz