Рахманкулов, Мир-Акбар Ходжи-Акбарович




Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Raxmanqulov (tugʻ. 5-oktyabr 1952-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

Biografiya



1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan.

1975-1989 yy. — OʻzSSR Ilmiy-tadqiqot, ilmiy va markaziy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan.

1989-1992 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi boshqarmasi boshligʻi — Bosh ilmiy kotib oʻrinbosari.

1992-1993 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudirining oʻrinbosari.

1993-1994 yy. — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori.

1994-1995 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti.

1995-1997 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining direktori.

1997-2013 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi, davlat maslahatchisi.

2013-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori.

2013-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining o'rinbosari.

2014-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz