Rahimov Gafur Rahimovich
Rahimov Gafur Rahimovich (1929-yil 1-fevral, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR — 2018-yil, Oʻzbekiston) — 1985—1991-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
Tarjimai holi
1951-yil — militsiya maktabini tamomladi va militsiya starshinasi unvoni bilan tezkor vakil lavozimida ish boshlagan.
1979-yil noyabriga qadar — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tezkor vakil, katta tezkor vakil, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari va boshligʻi, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritadi
1979—1983-yilning iyun oyiga qadar — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qiladi.
1983—1985-yillar — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1985—1993-yillarda — Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qiladi.
1994-yil — isteʼfoga chiqadi.
1994-yilda isteʼfoga chiqqan.
1994—2014-yillarda — Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Faxriylarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi.
2018-yil 89 yoshida vafot etgan.
Xizmat faoliyati
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida xizmat olib borish davomida jamoat joylarida jinoyatchilik oshgani sababli uchastka inspektorlari xonalari, jamoatchilik tayanch punktlarini tashkil etadi. Kriminogen hududlarda, shohbekatlar, avtomobillar toʻxtash joylarida, restoran va bozorlarda militsiya navbatchilik qismlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatiladigan „'02'“ telefon budkalarini oʻrnattirgan.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 1983-yil Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan davrida Sobiq ittifoq Vazirlar Kengashining 2-noyabrdagi qarori bilan General-mayor unvoniga tayinlangan.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari 1983-1989 yillarda „Oʻzbekistonda sotsialistik qonunchilikni tiklash“ shiori ostida Ichki ishlar vazirligiga sobiq sovetlar mamlakatidan hammasi boʻlib 150 nafar xodim joʻnatiladi. Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi tarkibida ishlagan shovinizm kayfiyatdagi bu kishilar hech qachon mahalliy aholi haqida qaygʻurmagan, balki oʻzlari kabi „o'zbek ishi“ degan boʻhton bahonasida prokuratura va sud tizimiga tushirilgan „desantchilar“ bilan til biriktirib, oʻzbek xalqini markazga yomonlash evaziga oʻz xizmat pillapoyalaridan koʻtarilishni oʻylashgan. Oʻsha yillarda ichki ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlgan general-mayor Gafur Rahimovning dalillariga koʻra, vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va boʻlimdan bor-yoʻgʻi ikkitasinigina oʻzbek millatiga mansub kishilar boshqargan. U ham boʻlsa, xoʻjalik va tibbiyot boshqarmalari boʻlgan.
1990-yilning may oyi oxirlarida Qirgʻizistonning Oʻsh va Jalolobod viloyatlarida fuqarolarga yer boʻlib berish bilan bogʻliq tadbirlar davomida ommaviy tartibsizliklar kelib chiqadi. Qirgʻizlar va oʻzbeklar oʻrtasida fuqarolar oʻlimi yuzaga keladi. Rasmiy tasdiqlanmagan manbalarga koʻra halok boʻlganlar soni 10 ming nafarga yaqin boʻlgan. Shu kunlarda Qirgʻiziston bilan chegaradosh „Doʻstlik“ massivi va Andijon viloyati hokimligi oldida mitinglar boʻlib oʻtadi. Gafur Rahimov Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tegishli farmoni bilan Andijon viloyati favqulodda holat komendanti etib tayinlangan.
Mukofotlari
1981-yilda „Respublikada xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org