Rahimboy Rahimov




Rahimboy Otajonovich Rahimov (1965-yil 20-iyun. Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2008), professor (2009).

Biografiyasi



Rahimboy Rahimov 1965-yil 20-iyun Xiva shahrida tugʻilgan. 1982—1989 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini muxandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1983—1985-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1989—1995-yillarda Urganch qurilish texnikumi oʻqituvchisi, 1995—1999-yillarda Urganch davlat universiteti katta oʻqituvchisi, 2003—2009-yillarda Urganch davlat universiteti dotsenti vazifasida ishlagan. 2009-yildan Urganch davlat universiteti professori.

Oilasi



Oilali. Uch oʻgʻil, bitta qizi bor.

Ilmiy faoliyati



Rahimboy Rahimov 1999-yilda nomzodlik ishini, 2008-yilda ruscha: „Физико-химические основы автоклавной технологии силикатных материалов с улучшенными эксплуатационными свойствами“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 180 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 8 ta darslik, 6 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 2 ta ixtiro muallifi. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz