Rahima Mazohidova
Rahima Mazohidova (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini M. Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi qoshida "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981-yildan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Tojiniso (S. Abdulla, "Muqimiy"), Nursuluv (K. Shangitboyev, K. Boyseitov, A. Muqamedov, "Jon qizlar"), Mastura satang, Rahima xola (Hamza, "Xolisxon", "Boy ili xizmatchi"), Raʼno (M. Nazarov, "Do'st nidosi") kabi bir qancha obrazlar yaratdi. Ular chaqqon va chechan, xajviy va grotesk xususiyatlarga hamda lirik-dramatik, fojiaviy va falsafiy qarashlarga boydir. M. doira jo'rligida toʻy marosim qoʻshiupari ("Yor-yor", "Kelin salom" va boshqalar), xalq lapar va yallalari ("Deydi-yo", "Bugmacha bilagim", "Omon yor", "Yalli-yali", "Qarinavo" va boshqalar), ayrim mumtoz asar ("Feruz", "Qoʻqon Ushshogi", "Guluzorim", "Mujgonlarim", "Fargʻona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" va boshqalar)larga o'zgacha talqin bergan. "Oʻzbekfilm" studiyasining "Oʻtgan kunlar" (1969), "Zulmatni tark etib" (1973), "Ota vasiyati" (1979) filmlarida suratga tushgan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan (1997).
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Rahima Mazohidova haqida aniq va to‘liq ma'lumot biroz cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki u shaxs yoki ijodkor sifatida keng ommalashmagan. Agar siz Rahima Mazohidova haqida aniqroq kontekst (masalan, qaysi sohada faoliyat yuritishi, qaysi mamlakat yoki shaharlikligi, qaysi davrda yashagani kabi) haqida ma'lumot bersangiz, men sizga aniqroq va kengroq ma'lumot bera olishim mumkin.
Umuman olganda, "Rahima Mazohidova" nomi o‘zbek tilida aytilganda odatda familiyasi "Mazohidova" bo‘lgan Rahima ismli ayolni anglatadi. O‘zbek madaniyati, tarixi yoki san’atida shu ism va familiyaga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lsa, ularning faoliyati yoki ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun maxsus manbalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Agar siz Rahima Mazohidova haqida qayerda eshitganingiz yoki qaysi sohada faol ekanligi haqida ma’lumot bersangiz, men sizga yanada to‘liq va chuqurroq yordam bera olaman.