Rahim Xaitov




Rahim Musayevich Xaitov (1944-yil 6-yanvar, Samarqand — 2022-yil 11-mart, Moskva) — sovet va rus immunologi, Rossiya Fanlar akademiyasi, RTHA (Rossiya tibbiyot hamshiralar assotsiatsiyasi) akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Rossiya Immunologiya instituti (1988—2014) direktori. U Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil allergist-immunologi va Moskva davlat tibbiyot universitetining klinik allergologiya va immunologiya kafedrasi mudiri sanaladi .

Shuningdek, u Rossiya Federasiyasi Davlat mukofoti laureati, ikki marta Rossiya Federasiyasi hukumati mukofoti laureati, Rossiya Federasiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Tarjimai hol



Xaitov tibbiyot xodimlari Muso Nazarovich Xaitov (1912—1976) va Zakiya Ma’rufovna Rasuliy (1921—1999) xonadonida dunyoga keladi . I.P.Pavlov nomidagi Samarqand davlat tibbiyot institutini (1967) tamomlaydi. 1968-yilda (“institutni tugatgandan keyin atigi olti oy o‘tgach”, deb xotirlaydi R.M.Xaitov) nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 1972-yilda u gematopoyetik to‘qimalarni ionlangan resipiyentlarga transplantasiya qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha doktorlik dissertasiyasini ("28 yoshimda men tibbiyot fanlari doktori edim - Sovet Ittifoqidagi eng yosh shifokor bo‘lganman") himoya qildi.

R.M.Xaitov talabalik yillarida R.V.Petrovning kitobi unda katta taassurot qoldirganini va u o‘qishni tugatgandan so‘ng uning muallifini topishga va u bilan ishlashga qaror qilganini, bir qator sinovlarni boshidan o‘tkazganini shunday yodga oladi: "Men 24 yoshda edim, Moskvaga keldim, Petrov laboratoriyasida biofizika institutiga bordim. Va shundan buyon ustozim bilan birgamiz" . Akademik Rem Petrov R.M.Xaitovni “mening eng yaxshi shogirdlarimdan biri, biz u bilan butun umr davomida birga faoliyat yuritganmiz” deb ta’kidlaydi .

1983-yilda ustozi R.V.Petrov tashabbusi bilan Immunologiya institutining tashkil etiladi va Petrov uning direktori, R.M.Xaitov esa uning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 1988-yilda R.M.Xaitov Petrov o‘rniga institut direktori lavozimini egallaydi hamda u immun tizimining fiziologiyasi va genetikasi kafedrasini ham boshqaradi. 2014-yilda R.M.Xaitov o‘z o‘rnini o‘g‘li M.R.Xaitovga bo‘shatib beradi. R.M.Xaitov esa institutga ilmiy rahbar etib tayinlanadi.

U 2005-yilda tashkil etilgan MDTSU (Moskva davlat tibbiy-stomatoloiya universiteti) OO‘YUKTF (Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim fakulteti ya’ni ordinatura) klinik allergologiya va immunologiya kafedrasiga rahbarlik qila boshlaydi .

2009-yilda R.M.Xaitov rahbarligida 62 ta nomzodlik va 34 ta doktorlik dissertasiya ishlari tayyorlanadi va himoya qilinadi.

U Rossiya allergologlar va klinik immunologlar assosiasiyasi prezidenti, JSSTning immunologiya muammolari bo‘yicha eksperti sanaladi. U Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Fan, texnologiya va ta’lim bo‘yicha kengash tarkibi, shuningdek, Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy kengashining a’zosi hamdir.

Bundan tashqari olim “Immunologiya” va “Immun tizimining fiziologiyasi va patologiyasi” jurnallarining bosh muharriri. U "Dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha shifokorlar uchun federal ko‘rsatmalar" ni tayyorlash bo‘yicha tahririyat va nashriyot qo‘mitasining ekspert komissiyasining a’zosi, Rossiya dori vositalari reyestrining ilmiy-tahririyat kengashi a’zosi .

U 1991-yil 23-martda Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a’zosi, 1997-yil 14-fevralda esa uni haqiqiy a’zosi etib saylanadi. 2006-yil 25-maydan Rossiya Fanlar akademiyasining Biologiya fanlari bo‘limida (immun tizimining fiziologiyasi) akademigi bo‘ladi.

Xaitov 2009-yilda 450 ta nashr ishlari, 10 ta tibbiy qo‘llanma, 2 ta darslik muallifi. 28 ta mualliflik guvohnomasi va 11 ta patentga ega . 2006-yilda R.M.Xaitovning “Immunologiya” darsligi, 2007-yilda esa uning bosh muharrirligida amaliyotchi shifokorlar uchun qo‘llanmalar turkumi, “Allergik kasalliklarning rasional farmakoterapiyasi” fundamental qo‘llanmasi, 2009-yilda akdemik Xaitov tahriri ostida "Milliy boshqaruvlar" turkumida "Allergologiya va immunologiya " milliy ko‘rsatmalari nashr etiladi.

Tibbiyot olimi Karima Nigmatullayevna Xaitova bilan (1944-yil) oila quradi O‘g‘li — Muso (1979-yil) immunolog, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (2016). Qizlari: Malika (1966-yil) va Dilyor (1968-yil) .

Rahim Xaitov 2022-yil 11-mart sanasida 78 yoshda Moskva shahrida vafot etadi va Troyekurovskiy qabristoniga dafn etiladi .

Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz