Rahim Vohidov
Rahim Vohidov — (5.08.1942–5.05.2012) – sovet va o‘zbek adabiyotshunosi, fidoyi ustoz, filologiya
fanlari doktori (1988), dotsent (1975), professor (1990).
Hayoti va faoliyati
Vohidov Rahim Jo‘rayevich 1942 yil 5 avgustda Buxoro viloyati Romitan (hoz. Jondor) tumanida
tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach (1949-1959), Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat
universiteti o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetida tahsil olgan (1961-1965). Ukrainaning Bogdan
Xmelnitskiy shahrida harbiy xizmatni o‘tagan (1965-1966).
Vohidov R.J. 1967 yil 2 sentyabrdan Sergo Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika
institutida (hoz. Buxoro davlat universiteti) o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan. Samarqand davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi huzuridagi 1 yillik aspiranturani (1969-1970) va 2 yillik
doktoranturani tugatgan (1977-1978). U o‘zbek, fors-tojik, rus tillarini va arab yozuvini mukammal
bilgan.
Rahim Vohidov Buxoro davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi (1967-1972),
kafedra mudiri (1972-1977), kafedra dotsenti (1975-1988), “Qardosh xalqlar adabiyoti va tojik
filologiyasi” kafedrasi mudiri (1989-1992), “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasi mudiri (1992-1996)
sifatida faoliyat yuritgan. 1998 yilda “Tasavvuf va o‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasiga asos solgan va
2005 yilgacha mazkur kafedrani boshqargan. Shuningdek, “O‘zbek va tojik filologiyasi” fakulteti dekan
o‘rinbosari (1978-1979), “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani (1996-1998, 2000-2002) lavozimlarida
ishlagan.
R.J. Vohidov Buxoro davlat universitetining “Ilg‘or fan uchun” gazetasi, “Pedagogik mahorat” va
“Psixologiya” jurnallari (adabiyot rubrikasi) tahririyat a’zosi, shuningdek, “BuxDU ilmiy axboroti” ning
“Navoiy gulshani” rubrikasi asoschisi hamda mazkur jurnal tahririyat a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ilmiy-ijodiy faoliyati
1970 yilda Boturxon Valixo‘jayev [1] ilmiy rahbarligida “Shayxim Suhayliy hayoti va adabiy
merosi” mavzuida nomzodlik [2], 1988 yilda “XV asrning II yarmi, XVI asrning boshlarida o‘zbek, fors-tojik adabiy aloqalari (qiyosiy-tipologik yo‘nalish)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini [3] himoya qilgan.
1990 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
R.Vohidov o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk tadqiqotchisi. Rahim Vohidov ilmiy merosining
asosiy qismi o‘zbek mumtoz adabiyoti, o‘zbek va fors-tojik adabiy aloqalari [4], tasavvuf ta’limotiga oid
fundamental tadqiqotlarga bag‘ishlangan. Alisher Navoiy she’riyatidagi ilohiyot masalalari olim ijodining
o‘zak masalalaridan biridir. Navoiyning kosmogoniyasi – falak jismlari, olamlar tuzilishi haqidagi
tasavvurlari olim izlanishlarida batafsil bayon etilgan.
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlaridagi o‘zbek-tojik adabiy aloqalari tarixiga oid
ilmiy-adabiy, tarixiy-madaniy manbalarni - qo‘lyozmalar, munshaot va bayozlar, memuarlar, tazkiralar,
manoqib, tarixiy-badiiy asarlar va tarjimalarni o‘rgangan, ulardagi dalillarni o‘zaro qiyoslab, o‘zbek-tojik
adabiy aloqalari, bu adabiyotlarning o‘zaro ta’siri va aks ta’siri hamda mushtarakliklariga oid tarjima,
zullisonaynlik, tatabbu, tazmin va taxmis, iqtibos, istiqbol va muqobala, shaxsiy munosabatlar singari
o‘ndan ortiq shakllarini aniqlab, ijtimoiy-estetik mohiyatini tavsiflab bergan.
R.Vohidov o‘z tadqiqotlarida Navoiy an’analarining davomiyligi, ilohiyotga munosabat va
tarjimachilik masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, adabiyotshunos olim Buxoro adabiy
muhiti namoyandalarining ijodini o‘rganishni yetakchi tamoyilga aylantira olgan: uning ilmiy maktabida
Mirzashoh Vozeh Buxoriy, Munzim Buxoriy, Ibrohim Subhiy, Mirzo Sodiq Munshiy Jondoriy, Shavkat
Buxoriy, Imlo Buxoriy, Xoja Ismat Buxoriy va b. adabiy merosining janriy tarkibi va badiiyati ilmiy
tadqiq etilgan.
Professor R.Vohidov 49 ta monografiya va risolalar, 400 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop
maqolalar muallifi hisoblanadi [5,6,7]. Olim 45 yil davomida oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek va tojik
guruhlari talabalariga o‘zbek mumtoz adabiyoti, qardosh xalqlar adabiyoti, tasavvuf, mumtoz adabiyot va
axloqiy-ma’naviy tarbiya masalalari, tasavvuf va Sharq mumtoz adabiyoti poetikasi asoslari, badiiy matn
tahlili, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan saboq bergan. R.Vohidov rahbarligida 10 nafar
tadqiqotchi filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
Tanlangan monografiya va risolalari
1. Suhayliy. T., “Fan”. 1976. - 44 b. [8]
2. Muhaqqiqi buzurgi du adabiyot. Hammuallif: B. Valixo‘jayev. Dushanbe, “Irfon”. 1977. - 58 b. [9,10]
3. Adabiy taxalluslar haqida. T., “O‘qituvchi”. 1978. - 52 b.[11]
4. Taxalluslar. Hammuallif: T.Qorayev. T., “Fan”. 1979. - 68 b.[12]
5. Navoiy ijodi – ilhom manbai. Hammuallif: B. Valixo‘jayev. T., “Fan”. 1981. 74 b.[13]
6. XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning boshlarida o‘zbek va tojik she’riyati (Adabiy aloqa va o‘zaro ta’sir
masalalari) //Mas’ul muharrir: B. Valixo‘jayev/. T.: “Fan”, 1983. – 143 b.[14]
7. “Majolis un-nafois” tarjimalari. T., “Fan”. 1984. -72 b.[15]
8. She’riyat shoir yuragi. Hammuallif: M. Hoshimova // Mas’ul muharrir: L.Qayumov. T.: “Fan”, 1987. – 72 b.[16]
9. Qasoskorning nomi barhayot (Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonining 750 yilligiga bag‘ishlanadi) – Tarix, ona tili va
adabiyoti o‘qituvchilariga yordam. Buxoro, 1988. – 27 b.[17]
10. Vzaimosvyazi uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literatur vo vtoroy polovine XV- nachale XVI v. T., 45 str.[3]
11. Ilhom chashmalari. Hammuallif: M. Hoshimova//Mas’ul muharrir: L.P. Qayumov – T.: “Fan”, 1989. –72 b.[18]
12. Sharqning buyuk allomasi. T., “Fan”. 1989. -74 b.[19]
13. Avlodlar ta’zimi. Hammuallif: T.Qorayev. T., “O‘qituvchi”. 1990. – 116 b.
14. Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahhayyirin” asarining tojikcha tarjimalari. Hammuallif: M.Qosimova. Buxoro,
1990. -91 b.
15. Adabiy qardoshlik sarhad bilmaydi. Hammuallif: M. Hoshimova. T., “Fan”. 1991. -144 b.
16. Navoiy barhayot (Navoiyshunoslik tarixidan lavhalar). T.: “Fan”, 1991. – 88 b.[20]
17. Ezgulik – umr mazmuni. Hammuallif: B. Valixo‘jayev. T.: “Fan”, 1992. – 100 b.[21]
18. Navoiyning ikki durdonasi (“Xamsatul-mutahayyirin” va “Majolisun-nafois” haqida qaydlar)// Mas’ul
muharrir: B. Valixo‘jayev/. – T. “Fan”, 1992. – 118 b.[22]
19. Alisher Navoiyning ijod maktabi (Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar davrasida). “Buxoro“, 1994. – 188 b.[23]
20. Alisher Navoiy va ilohiyot. Buxoro, 1994. -210 b.[24]
21. Ma’naviyat – komillik saodati. Hammuallif: M.Mahmudov. “Ma’naviyat”, T., 1997. -192 b.
22. Ilohiy ishq jozibasi. Samarqand, “Zarafshon”, 1997. -80 b.
23. Iymon – qalb gavhari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., “Ma’naviyat”. 1999. -200 b.
24. Navoiy qalbi-la sirlashgan inson: (Professor A.Hayitmetov hayoti va ijodidan lavhalar). T., A. Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashr., 1999. – 73 b.[25]
25. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. Hammualliflar: H.Ne’matov, M. Mahmudov. T., “Yozuvchi”, 2000. – 144 b.[26]
26. Ishq – ma’rifat qanoti. T., “Abu Ali ibn Sino” tibbiyot nashr., 2001. -108 b.
27. Mumtoz adabiyot – hikmat xazinasi. Hammuallif: H.Eshonqulov. Buxoro, BuxDU nashr., 2001. -152 b.
28. Ustod Sadriddin Ayniy saboqlari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., “Fan”. 2004. -320 b.
29. Biz bilgan va bilmagan Bobur. T., “Zarqalam”, 2005. -122 b.[27]
30. “Yog‘di o‘t ustig‘a qor”. T., “Zarqalam”, 2005. -114 b.
31. Navoiy merosiga oshufta ko‘ngil (Hasbi hol yo‘nalishidagi ilmiy-ommabop risola. To‘ldirilgan ikkinchi nashri).
T. “Fan”, 2005. – 138 b.[28]
32. Samarqandning ilmiy vijdoni (Akademik B.N. Valixo‘jayevning adabiyotshunoslik faoliyatiga doir ilmiy-ommabop risola). T., “Fan”, 2005. – 176 b.[29]
33. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘quv qo‘llanma. Hammuallif: H. Eshonqulov. T., O‘zR Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashr., 2006. – 528 b.[30,31]
34. Yillardan qolgan ma’naviy yodgorlik. T., “Zarqalam”, 2007. -285 b.
35. “Armonga aylangan adabiy orzular”. T., “Fan”. 2009. -113 b.
36. Maxsumlarda voyaga yetgan chinor. T., “Muharrir”, 2010. -180 b.
37. Umrim daftaridan sahifalar. T., “Muharrir”, 2012. -191 b.
Tanlangan maqolalari
1. Sayfi Saroiy (hammuallif: O. Safarov). “Ilg‘or fan uchun” ro‘znomasi, 1962, 12 dekabr
2. Shayxim Suhayliy va Alisher Navoiy. (hammuallif: B. Valixo‘jayev). “Haqiqati O‘zbekiston” ro‘znomasi. 1968,
10 fevral
3. Istoriya izucheniya tvorchestva Shayximbeka Suxayli. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI.
Tashkent. «Fan». 1969. S.40-41.
4. Redif v uzbekskoy klassicheskoy literature. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI. Tashkent. «Fan».
1969. S.59-60.
5. Amir Shayxim Suhayliy (tojik tilida). – “Sadoi Sharq” jurnali, 1970. soni 2. Sahifahoi 127-131.
6. Suhayliy tarjimai holiga oid yangi ma’lumotlar. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari. Yangi nashr. 1970.
Samarqand, 95-101 b.
7. Shayxim Suhayliyning yangi devoni haqida. “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1972. 1-son, 91-b.
8. Sadriddin Ayniyning adabiy-tanqidiy qarashlari (hammuallif: T. Qorayev). “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1972. 14-
18 b.
9. Ustoz Ayniy va Subhiy (tojik tilida). Tojikiston Respublikasi “Maorif va madaniyat” ro‘znomasi, 1974. 16 aprel.
10.Issledovaniya tvorchestva poeta Xiromi. (Soavtori: O.Safarov, X.Nigmatov). “Sovetskaya tyurkologiya”. 1978,
№3. S.102-104.
11. Sadriddin Ayniy va o‘zbek ijodkorlari. – To‘plamda: Ayniy zamondoshlari xotirasida. T., G‘.G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti. 1978. 138-153 betlar
12. “Radoif ul-ash’or” XV asr II yarmi adabiyotini o‘rganishda muhim manba. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari.
Yangi nashr. Samarqand, 1979. 94-101 b.
13. Saodatning kaliti (hammuallif: N. Komilov). “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1982, 2 aprel
14.Ibn Sino va Dante (hammualliflar: M. Sulaymonov, Yo. Hamroyev). Guliston jurnali, 1984. 21-son, 27-28 b.
15. Zullisonaynlik va adabiy jarayon. O‘zbek tili va adabiyoti, 1987. 4-son, 67-72 b.
16. Qardoshlikning nurli sahifalari. “Sharq yulduzi”, 1987. 6-son.194-197 b.
17. Nekotorie kommentarii po uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literature. “Adabiy meros”. 1988. №1(43). S.54-59.
18. Tatabbu’, tazmin, taxmis (na russ.yaz). “Adabiy meros”. 1988. №4(46). S.56-59
19. “Majolis-un nafois” va zullisonaynlik masalasi. To‘plamda: A.Navoiyning adabiy mahorati masalalari. 1988. T.,
“Fan”, 135-156 b.
20. Xoja Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy. “O‘zbek tili va adabiyoti”. 1991. 4-son, 25-32 b.
21. Hamza g‘azallarida talmeh san’ati (hammuallif: M.Hoshimova). “Til va adabiyot ta’limi”, 1992. 5-6 sonlar. 37-
40 b.
22. Nurli cho‘qqilar hali oldinda (hammuallif: S. Mirzayev). B. Valixo‘jayev asarlari ko‘rsatkichi. 1992. Samarqand,
3-14 b.
23. “Oqil ersang nafsi baddin bo‘lgil bezor”. ”O‘zbek tili va adabiyoti”, 1994. 1-2 sonlar, 35-39 b.
24. “Latoifnoma” latofati. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1995, 3 fevral
25. Ma’naviy shakllanish azoblari. Sh. Hayitovning “Mahbub-ul qulub”da tasavvufiy jilolar kitobiga so‘zboshi.
1996. T., “Fan”, 3-5 b.
26. “Emas oson bu maydon ichra turmoq”. 1996. “Adabiy Buxoro”, Buxoro, 71-82 b.
27. “Har ne qilsang, oshiq qilgil Parvardigor”. 1996. “Ma’rifat” gazetasi, 16 noyabr
28. Mashrab ijodi Fitrat talqinida. “O‘zbek tili va adabiyoti”. 1997. 4-son, 20-26 b.
29. “Navoiy she’riga solg‘il quloqni”. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1997, 7 fevral
30.Jomiy “Bahoriston”ida adabiy hayot tasviri. To‘plamda: “Abdurahmon Jomiy”.1997. T., 12-17 b.
31. Nurli manzil sari intiladi umr karvoni. G.Boltayevaning “Alisher Navoiy. Fusuli Arbaa” kitobiga so‘zboshi.
1998. Buxoro “Ilm”, 3-7 b.
32.Besh hayrat. “Jamiyat va boshqaruv”. 1998. 3-son, 50-52 b.
33.Inson qalbi – Xoliq jilvagohi. Sh. Hayitov kitobiga so‘zboshi. 2000. T. “Fan”, 3 b.
34. Tasavvuf – axloqiy poklanish maktabi. I. Haqqulov. Tasavvuf saboqlari kitobiga so‘zboshi. 2000. Buxoro, 3-13
b.
35. “Xamsat ul-mutaxayyirin” da barkamol inson timsoli (hammualliflar: Sh. Hayitov, Z. Qosimova). 2000, “Ulug‘
Alisher Navoiy”, Qarshi 53 b.
36. Lug‘at va hadislarda iymon talqini. “Pedagogik mahorat”, 2001. 1-son, 14-21 b.
37. Sodiq Jondoriy -serqirra iste’dod sohibi. D.Karimova kitobiga so‘zboshi. Sodiq Munshiy – Jondorning
shirinkalom shoiri. 2001.T., “Fan”, 3-8 b.
38. V.Abdullayev. Tanlangan asarlar. II tomlik, 2-tom. T. “Fan”, 2002. 185-188 b.
39.Ilm bergan ulug‘ saodat (Akad. B. Valixo‘jayev haqida. Hammuallif: S. Mirzayev). 2002. “Pedagogik mahorat”,
1-son, 84-93 b.
40. Vohid Abdullayev – Buxoro adabiy muhitining yirik tadqiqotchisi. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”,
2002. 3-4 sonlar, 3 b.
41. “Boburnoma”da Shayx Sa’diy nafasi. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”, 2002. 2-son, 17-20 b.
42. “Tasavvuf, mumtoz adabiyot va axloqiy-ma’naviy tarbiya masalalari”. Ma’ruza matni. (hammualliflar: Sh.
Hayitov va b.). 2003. “Buxoro”, 156 b.
43.Iymon – poklanish manzili. 2003. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”, 2-son, 5-9 b.
44. Abduxoliq G‘ijduvoniy – buyuk ma’naviy arbob. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”, 2003. 4-son, 3-8 b.
45. “Axloqi Muhsiniy – nodir ma’naviy-badiiy manba (hammuallif: M.Mahmudov). “O‘zbek tili va adabiyoti”,
2003. 6-son, 32-35 b.
46. “Muhokamat ul-lug‘atayn”da so‘zning badiiy talqinlari. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”, 2003. 3-son, 2-6
b.
47. Xoja Ismat – zullisonayn shoir. 2004. “Buxoro universiteti ilmiy axborotlari”, 3-son, 8-13 b.
48. Yetti noyob mo‘jiza (“Haft avrang haqida qaydlar”). 2004. “Pedagogik mahorat”, 4-son, 102-105 b.
49. Sharq mumtoz adabiyoti va S. Ayniy she’riyati – “Barhayot she’riyat”. Xalqaro ilmiy anjuman to‘plami. Buxoro.
10-15 b.
50. Alisher Navoiy dahosiga Mavlono Lutfiy bahosi. “Navoiyga armug‘on” maqolalar to‘plami. 2004. T., “Fan”, 13-17 b.
51. “Yog‘di o‘t ustig‘a qor”. 2004. “Tafakkur”, 1-son. 54-58 b.
52.Jovidon she’riyat. “Jomiy va o‘zbek adabiyoti” to‘plamida. Xalqaro ilmiy anjuman. “Al Hudo” va
“Movarounnahr”. T., 2005. 83-87 b.
53.Buyuk allomaga sadoqat. “Sino” jurnali, Eron islom respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nashri, 2005.
17-son, 18-20 b.
54.Imlo, dilimni kamon abro‘ga berdim. D. Karimovaning “Imlo Buxoriyning nazmiy guldastasi” kitobiga
so‘zboshi. T. “Fan”, 2005. 3-7 b.
55.Ijodiy tarjima va adabiy ta’sir samarasi. To‘plamda: “Adabiyot va tarjima”. T., “Zarqalam”. 2006. 28-31 b.
56. Teran tafakkurga yo‘g‘rilgan she’riyat. Buxoroi donishafzo, 2006. 6-son, 3-16 b.
57. Alisher Navoiyning “Devoni forsiy”si haqida. Sino jurnali, Eron islom respublikasining O‘zbekistondagi
elchixonasi nashri, 2006. 10-14 b.
58. “To tuzdi Navoiy oyati ishq”. “Navoiyga armug‘on”. 5-kitob. T. 7-14 b.
59. Fitrat va o‘zbek mumtoz adabiyoti. 2007. “Alloma adabiyotshunos”. T. “Fan”, 6-9 b.
60. “Navodir ul-vaqoye” – A.Donishning umr kitobi. “Qomusiy mutafakkir”. Buxoro, 2007. 28-32 b.
61. Tasavvufdan jilo topgan she’riyat. Naqshbandiya ta’limoti va milliy ma’naviyatimiz. Resp. Ilmiy-amaliy
anjumani materiallari. Buxoro, 2008. 27-31 b.
62.Bobur Mirzo va naqshbandiylar. Naqshbandiya, Buxoro, 2008. 15-17 b.
63. Armonga aylangan adabiy orzular. BuxDU Ilmiy axborotnomasi. 2009. 1-son.3-10 b.
64. “Vahdat ul-vujud” Jomiy talqinida. (hammualliflar: Sh. Hayitov, H. Eshonqulov). BuxDU Ilmiy axborotnomasi.
2009. 1-son. 110-111 b.
65. Haq sirining ogohi. Naqshbandiya. 2010. 2(5)-son, 32-36 b.
66. Nizomiy va undan keyingi davr adabiyotida Iskandar siymosi. “Navoiyga armug‘on”. 6-kitob. T. 2010. 150-155 b.
67. Xoja Ismat dahosidan zavqlanishning shirin mevasi. S. Bobokalonovning “Xoja Ismat Buxoriy she’riyatining
janriy tarkibi, uslubi va badiiyati” kitobiga so‘zboshi. T., “Muharrir”, 2011.
68. Faxriy Hirotiy “Latoifnoma”si XV asrning II yarmi XVI asr ibtidosi Movarounnahru Xuroson adabiyotini
o‘rganishda nodir manba. “A.Navoiy ma’naviy merosining jahonshumul ahamiyati” xalqaro ilmiy-amaliy
anjumani materiallari. 2011, 86-90 b.
69.Barhayot ma’naviy yodgorlik. Kitobda: Bo‘stoni roz. T., “Muharrir”, 2011. 3-6 b.
70.Istiqlolingdan o‘rgilay, ona O‘zbekiston! BuxDU Ilmiy axborotnomasi. 2011. 3-son.28-32 b.
Mukofotlari va e’tirof etilishi
2002 yil 27 avgustda O‘zbekiston Respublikasi “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan Ta’limdagi keng
qamrovli fidokorona mehnati uchun “Ustoz” faxriy unvoni berilgan.
Professor R.Vohidovning hammualliflikda tayyorlangan «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi» (Eng
qadimgi davrlardan XVI asr oxirigacha) o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi grifi bilan chop etilgan hamda 2006 yildan buyon mamlakatimizdagi o‘zbek
filologiyasi fakultetlarida o‘quv qo‘llanmasi sifatida qo‘llanilib kelinmoqda (Mualliflik guvohnomasi
raqami – 0107; 30.11.2005).
1990-2010 yillar davomida Samarqand davlat universiteti huzuridagi K.067.04.01-raqamli fan
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi
bo‘lgan.
Adabiyotshunosning “Alisher Navoiy va ilohiyot” asari “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” 30
jildligiga kiritilgan [32,33].
Xotirasi
2013 yilda Buxoro davlat universitetida R.Vohidovning 70-yilligiga bag‘ishlangan Respublika
ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilgan [34,35].
Manbalar
[1]
[2]Вахидов, Рахим Жураевич. Жизнь и творчество Шайхим Сухайли: диссертация ... кандидата филологических наук: 10.00.00. -
Самарканд, 1970. - 321 с.: ил. Филологические науки. Шифр хранения: OD Дк 70-10/655.
[3]] Вахидов, Рахим Жураевич. Взаимосвязи узбекской и персидско-таджикской литератур во второй половине XV- начале XVI в.:
Историко-типологический аспект: диссертация ... доктора филологических наук: 10.01.03 / АН УзССР. Ин-т яз. и лит. им. А. С.
Пушкина. - Ташкент, 1988. - 378 с. Литературы стран нового зарубежья. Шифр хранения: OD 71 89-10/62.
[4]
[5]
[6]
[7]
[8]
[9]
[10]
[11]
[12]
[13]
[14]
[15]
[16]
[17]
[18]
[19]
[20]
[21]
[22]
[23]
[24]
[25]
[26]
[27]
[28]
[29]
[30]
[31]
[32]
[33]
[34]
[35]
uz.wikipedia.org