Rahim Otajonov




Otajonov Rahim Karimovich (1905.5.5, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1996.17.9, Toshkent) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Fargʻona taʼlimtarbiya texnikumini tugatgan (1924), shu yerda oʻqituvchi (1924—30), Fargʻona pedagogika instituti fiz.mat. fakulteti kechki boʻlimini tugatgan (1933), shu institutda oʻqituvchi, dekan va ilmiy boʻlim mudiri (1930—39), Toshkent pedagogika institutida katta oʻqituvchi (1939-47), dekan (1941-45; 1959-61), prorektor (1945—47), dotsent (1947— 59), professor (1971-yildan). Ilmiy ishlari geometrik yasash usullariga, konstruktiv geometriya elementlariga, darslarda geometriya oʻqitish usullari va boshqa ga oid. Bir necha darslik va qoʻllanmalar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz