Rahim Nurmuhamedov




Rahim Muhamedovich Nurmuhamedov (1925.26.4, Yangiyoʻl) — xirurg va gerontolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1970). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1954), shu institut xirurgiya kafedrasining klinik ordinatori (195457), assistenta (1957-58), do-senti (1958—69), pediatriya fakulteti (1969—72), 1972-yildan davolash fakulteti umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1971 — 81), Andijon tibbiyot instituti rektori (1981—89). N. Oʻzbekistonda gerontologiya xizmati tashkilotchisi va raisi. Ilmiy faoliyati yara kasalligi, ji-gar, oʻt pufagi, churra kasalligi, turli shikastlanishlar, xususan, bosh miya shikastlari, peritonit, ichakdan toʻsatdan hech narsa oʻtmay qolish holatlari, tomir patologiyasining xirurgiyaga xos jihatlarini oʻrganish va davolash, shuningdek, operatsiya jarayonida ogʻriqsizlantirish muammolariga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz