Rahim Majidov




Rahim Majidov (1930-yil 5-mart, Yusuf Xarrotiy, Samarqand – 2010-yil 20-dekabr, Dushanbe) – falsafa fanlari doktori (1982), professor (1987). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).

Hayoti



Rahim Majidov 1930-yil 5-martda Samarqand shahrida tugʻilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan (1951-yil). Samarqand shahridagi 14-sonli umumtaʼlim maktabi, Samarqand viloyati Qoraqishloq (1951—1953) maktabi tarix fani oʻqituvchisi va oʻquv boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. U 1953—1956-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti marksizm-leninizm kafedrasi oʻqituvchisi, laboratoriya assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 1957—1960-yillarda falsafa kafedrasi oʻqituvchisi boʻlgan. Rahim Majidov 1960-yilda Dushanbe shahriga kelgan. Keyingi yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi falsafa boʻlimi kichik xodimi (1960—1962), SSSR Fanlar akademiyasining Falsafa instituti aspiranti (1962—1965) boʻlgan. Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng esa (1965), Tojikiston Fanlar akademiyasi falsafa boʻlimida avval kichik, soʻngra katta ilmiy xodim (1966—1970), kafedra dotsenti, V. I. Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetida kafedra dotsenti (1970—1973), Tojikiston fanlar akademiyasi katta ilmiy-tadqiqot boʻlimi rahbari (1973—1983) oʻrnida faoliyat yuritgan. SSSR Fanlar akademiyasi (Moskva) qoshidagi AIJ Ilmiy ateizm institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1982). Tojikiston Fanlar akademiyasi din tarixi va ilmiy ateizm boʻlimi mudiri (1983-1991), xodim sifatida ishlagan. Tojikiston Fanlar akademiyasining akademik A.Bahovaddinov nomidagi Falsafa instituti falsafa tarixi va din boʻlimi mudiri (1992—2006) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ijodi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz