Rahim Bekjonov




Rahim Bekjonovich Bekjonov (1930.5.3, Chimkent - 2000.23.2, Toshkent) — fizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), fizikamat, fanlari doktori (1966), professor (1968). Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ishlagan (1952 — 54), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1958-yildan). B. neytronlar oqimining energiya taqsimoti va issiqlik neytronlarining moddalar bilan toʻqnashish koʻndalang kesimini, koʻp yad-rolar uchun konversion elektronlar va gamma nurlar spektrlari hamda yadroning qoʻzgʻatilgan holatda yashash vaqtini, magnit momentlarini, yadroning yuqori energetik sathtari kengligi va gamma-nurlar tabiatini aniqlagan; yadro holatlarining yashash vaqtlarini oʻlchashning yangi uslublarini kashf etgan. B. oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktablar uchun oʻquv qoʻllanmalari va darsliklar, fizikadan ruscha-oʻzbekcha lugatlar muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz