Rahim Ali
Rahim Ali (2000-yil 21-aprelda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Chennaiyin klubi va Hindiston terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Indian Arrows
Gʻarbiy Bengaliyaning Barrakpur shahrida tugʻilgan Ali Hindistonda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan Butun Hindiston futbol federatsiyasining bir qismi edi. Turnirdan soʻng Ali Butun Hindiston futbol federatsiyasiga qarashli boʻlgan „Indian Arrows“ jamoasida oʻynash uchun tanlab olindi. Bu jamoa, asosan, Hindistonning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilaridan iborat boʻlib, ularga malaka oshirish uchun imkoniyat berardi. Rahim Ali „Arrow“ning „Chennai City“ ga qarshi mavsumdagi birinchi oʻyinida jamoa uchun professional debyut qildi. Rahim Ali 73-daqiqada Rahul Pravenning oʻrniga maydonga tushdi va Indian Arrows 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Chennaiyin
2019-yil 31-may kuni Ali Chennaiyin bilan shartnoma imzoladi va 2019-20-yilgi Hindiston Superligasida maydonga tushdi. Ular 2020-yil 6-yanvarda Odishaga yutqazib, Haydarobodga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Xalqaro maydonda
Ali 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan va Hindistonning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qildi.
Ali Hindiston terma jamoasidagi debyutini 2021-yil 2-sentabr kuni Nepalga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida 1:1 hisobidagi durang bilan o‘tkazdi. Keyinchalik u Maldiv orollarida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi SAFF chempionatida ishtirok etdi. Unda ular chempion boʻlishdi. 2022-yil mart oyida Ali 2023-yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga tayyorgarlik sifatida Hindiston terma jamoasining Bahrayn va Belarusga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini oldidan bosh murabbiy Igor Shtimac tomonidan milliy terma jamoaga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil 1-sentyabr holatiga koʻra
Xalqaro
2021-yil 16-oktabr[13]
Yutuqlari
Klub Chennaiyin
Xalqaro Hindiston
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org