Raheem Hanley




Raheem Shaquille Rushan Hanley (talaffuzi: Rahim Shaquil Rushan Xenliy) (1994-yil 24-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi. Raheem Hanley „Radcliffe“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Raheem Hanley Angliyada tugʻilgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Raheem Hanley oʻz faoliyatini „Fletcher Moss Rangers“ futbol klubida boshlagan. Keyin esa 2004-yilda „Manchester United“ tarkibiga qoʻshilgan.

Blackburn Rovers va Swansea City



Raheem Hanley 2010-yilda muvaffaqiyatli sinovdan soʻng „Manchester United“ klubidan „Blackburn Rovers“ futbol klubiga qoʻshildi. 2012—2013-yilgi mavsum oxirida klub Raheem Hanleyga yangi shartnoma taklif qildi.

Raheem Hanley 2014-yilning yanvarida „Swansea City“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Raheem Hanley 2015-yilning aprel oyida klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi. 2015—2016-yilgi mavsum oxirida Raheem Hanley klubni tark etdi.

Northampton Town



Raheem Hanley 2016-yilning iyun oyida „Northampton Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Raheem Hanley „Norhampton Town“ futbol klubini 2017—2018-yilgi mavsum oxirida tark etdi.

Chorley



"Chorley" futbol klubi 2019-yil 28-aprelda Twitter orqali Raheem Hanley mavsum oxirigacha klubga qoʻshilganini eʼlon qildi.

Hereford



Raheem Hanley muvaffaqiyatli sinov muddatidan soʻng 2019-yil 2-avgustda „Hereford“ futbol klubiga qoʻshildi.

Mossley



Raheem Hanley 2019-yil noyabr oyida „Mossley“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Radcliffe



2020-yil yanvar oyida Raheem Hanley „Radcliffe“ futbol klubbiga qoʻshildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Raheem Hanley 2012-yilning dekabr oyida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan. Raheem Hanley terma jamoa safida 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz