Ragnar Frisch




Ragnar Frisch (norv.: Ragnar Anton Kittil Frisch; 1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. Frisch taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz