Ragnar Ache




Ragnar Prince Friedel Ache (talaffuzi: Ragnar Axe; 1998-yil 28-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi. Hozirda Eintracht Frankfurt klubidan ijara asosida SpVgg Greuther Fürthga oʻtgan hujumchi.

Faoliyati



Germaniyaning Frankfurt shahrida tugʻilgan Ache faoliyatini Gollandiyaning „Sparta Rotterdam“ klubi yoshlar safida boshlagan. 2016-yilning 20-avgustida TEC ga qarshi Tvid diviziyasida klubning zaxira jamoasi Jong Sparta safida debyut qildi. 66-daqiqada Ugʻur Oltintashning oʻrniga maydonga tushishi bilanoq gol urdi. 2016—2017-yilgi mavsumda Sparta Rotterdamning oʻrinbosarlari safida 17 oʻyinda 7 ta gol urdi.

2017—2018-yilgi mavsum boshida Ache asosiy tarkibga kiritildi va mavsumning ochilish oʻyinida Sparta Rotterdam — VVV-Venloga bahsida (0:3) Kreyg Gudvin oʻrniga maydonga tushgandi. 2017-yilning 25-avgustida Ache „Sparta Rotterdam“ safida „NAC Breda“ mehmoni boʻldi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Ache jamoadagi ilk professional dublini qayd etdi.

Eintracht Frankfurt



2020-yil 3-yanvarda Ache Germaniyaning „Eintracht Frankfurt“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi ilk uchrashuvini 2020-yil 25-sentyabrda „Gerta“ga qarshi oʻtkazdi. „Eintracht“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2022-yil 14-iyunda Ache SpVgg Greuther Fürthga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati



Ache Germaniyada tugʻilgan boʻlsa-da, kelib chiqishi ganalik. Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

2021-yil 22-iyul kuni Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar futboli boʻyicha „D“ guruhining ochilish oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻyinda Germaniya Braziliyaga 4:2 hisobida yutqazib qoʻydi. Ache ikkinchi oʻyinda yana gol urdi, Germaniya Saudiya Arabistoni ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi



2-may, 2022-yilgi holat boʻyicha[8]

Klublarda




Terma jamoada



23-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha

Yutuqlari



Eintracht Frankfurt

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz