Rafis Gilmanov




 

Rafis Sagitovich Gilmanov (1963-yil 4-avgustda tugʻilgan) — sovet va turkman futbolchisi va murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan Qozonning „Rubin“ jamoasida klub maʼmuri sifatida faoliyat yuritgan.

Biografiya



Rafis 1983-yilgi mavsumda Ashxobodning „Lokomotiv“ havaskorlar jamoasi safida boshlagan. Mavsumning ikkinchi yarmida Turkmaniston SSRning bayroqdor jamoasi, „Kolxozchi“ (hozirda Kopetdag nomi ostida faoliyat yuritadi) Ashxobod klubi bilan shartnoma imzoladi. Ashxobodliklar jamoasi safida SSSR ikkinchi futbol ligasida 2 mavsum davomida toʻp surdi. 1985-yilgi mavsumda SSSR birinchi ligasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston SSRning „Zvezda“ Jizzax jamoasi safiga oʻtdi. Jizzaxliklar jamoasi tarkibida bir mavsum davomida harakat qilib 29 ta oʻyinda 3 ta gol kiritdi. 1986-yilgi mavsumda „Kolxozchi“ jamoasiga qaytdi va uch mavsum davomida klub sharafini himoya qildi. 1990-yilgi mavsum avvalida yana Oʻzbekiston SSR jamoasiga, bu safar Namanganning „Navbahor“ klubi safiga borib qoʻshildi. „Navbahor“ jamoasi 1990-yilgi mavsumda SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surib yakunda SSSR Birinchi ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Rafis Namangan jamoasining bu yutugʻiga 41 ta oʻyinda 7 ta goli bilan hissa qoʻshdi. 1991-yilgi mavsumda yana „Kopetdag“ jamoasi safiga qaytdi va faoliyatini yakuniga qadar Ashxobod jamoasi tarkibida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa



Turkmaniston terma jamoasi safida 1992-yilda Markaziy Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. U ilk debyut uchrashuvini 1992-yil 1-iyun kuni Qozogʻiston jamoasiga qarshi o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.

2003-yildan Qozonning „Rubin“ klubida avval zaxira menejeri, keyin esa asosiy jamoa maʼmuri (2006-yildan) sifatida ishlagan.

Statistika




Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz