Rafiq Huseynov
Rafiq Radik o‘g‘li Huseynov (ozarbayjoncha: Rafiq Radik oğlu Hüseynov, 1988-yil 16-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — ozarbayjonlik yunon-rum kurashchisi, Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi, 2021-yilgi Jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni (2011-yil, 2020-yil va 2022-yil), 2015-yilgi Jahon kubogi g‘olibi, 2015-yil Bokudagi Yevropa o‘yinlari va 2019-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori. Shuningdek, 2020-yil Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2008-yil o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempioni.
Biografiyasi
Rafiq Huseynov 1988-yil 16-mayda O‘zbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rafiqning oilasi bir yoshida Bokuga ko‘chib o‘tgan.
1995-2004-yillarda № 291-sonli „Araz“ ekologiya litseyida tahsil olgan.1996-yildan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (sobiq „Dinamo“) sport jamiyati vakili. Rafiq Huseynovning murabbiyi uning otasi, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Radik Huseynov hisoblanadi.
Huseynov 2005-2006-yillarda Boku shahridagi Respublika olimpiya sport litseyida o‘qishni davom ettirgan. 2006-yilda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetiga o‘qishga kirgan va 2010-yilda „Bojxona va bojxona ekspertizasini tashkil etish“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Huseynov Rafiq 2010-2011-yillarda Ozarbayjon qurolli kuchlarida xizmat qilgan. 2011-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan. 2009-yildan — sport ustasi, 2015-yildan — Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.
2017-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan ,,Islom birdamlik o‘yinlari"da 80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Huseynov finalda eronlik sportchi Yusuf Xaderyanga yutqazib, kumush medal sohibiga aylangan.
Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan 2019-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan oldingi jahon chempionatida esa Rafiq 82 kilogramm vazn toifasida finalda gruziyalik polvon Lashe Gobadzega imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.
2020-yil fevral oyida R.Huseynov Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan qitʼa chempionatida 82 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashda bolgariyalik sportchi Daniel Aleksandrovni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan va ikki karra Yevropa chempioniga aylangan.
2020-yilning mart oyida Huseynov bir vaznda yaxshi ketayotgandi, ammo COVID sabab Huseynov o‘z vaznini 87 kg ga ko‘tarishga harakat qilgan. Lekin o‘sha paytga qadar milliy terma jamoada ushbu vazn toifasidagi kuchli polvonlar borligi sababli, Huseynov vaznini 77 kg ga tushirishga qaror qilgan.
2021-yilning 8-may kuni Sofiyada bo‘lib o‘tgan 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarining litsenziyalangan turnirida 77 kg vazn toifasida Rafiq Huseynov yarim finalda 2017-yilgi Jahon chempioni serbiyalik Viktor Nemeshni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan va Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Ushbu turnirda Huseynov o‘z vaznini 12 kg ga tushirib, yetti yillik tanaffusdan so‘ng 77 kg vazn toifasiga qaytgan.
2021-yil avgust oyida Rafiq Huseynov Tokio Olimpiadasida debyut qilgan. Vazni 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Huseynov birinchi jangida shvetsiyalik Aleks Kessidisani 1:1 hisobida mag‘lub etgan, chunki u oxirgi bo‘lib qabul qilingan. Rafiq chorak finalda qirg‘izistonlik Akjol Maxmudovga 1:9 hisobida imkoniyatni boy bergan. Mahmudovning finalga chiqishi Huseynovga bronza uchun javob bahslarida kurashish imkoniyatini bergan. Huseynov birinchi javob bahsida tunislik Lamjed Maafini 11:1 hisobida mag‘lub etgan. Hal qiluvchi jangda Rafiq Huseynov armanistonlik Karapet Chalyanni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan. Huseynov o‘zining g‘alabasini otasi, shaxsiy murabbiyi Radik Huseynovning g‘alabasi deb atagan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan va Mahmudov bilan bo‘lgan jangdan keyin ham o‘ziga kela olmagan.
Oilasi
Rafiqning otasi va shaxsiy murabbiyi — Radik Huseynov Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, harbiy polkovnik. Rafiqning egizak ukalari Odil va Rufat ham professional kurash bilan shug‘ullanishadi va ular ham terma jamoa aʼzolaridir.
Rafiq Huseynov oilali, uning ikki nafar o‘g‘il farzani bor.
Yutuqlari
Jahon chempionatlari
Yevropa chempionati
Jahon chempionatlari
Yevropa oʻyinlari
Boshqa musobaqalar
Mukofot va unvonlari
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-iyundagi farmoni bilan Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun „Taraqqiyot“ (ozarbayjoncha: «Tərəqqi») ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org