Rafaela Silva




Rafaela Lopes Silva (port.-braz.: Rafaela Lopes Silva; tugʻ. 1992-yil 24-aprel, Rio-de-Janeyro, Braziliya) — braziliyalik dzyudochi, 57 kg gacha vazn toifasida, Braziliya terma jamoasi aʼzosi. 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni. Dzyudo boʻyicha Jahon chempioni (2013), Jahon chempionati kumush va bronza medali sovrindori, Panamerika oʻyinlari sovrindori, ikki karra Panamerika chempioni (2012, 2013).

Faoliyati



Silva oʻzining birinchi yirik medalini 2011-yilda Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2013-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida Silva finalda AQSh sportchi Marti Malloy ustidan gʻalaba qozonib, oʻz mamlakati uchun dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi braziliyalik ayol boʻldi.

2012-yilda u Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi, ammo 1/8 finalda vengriyalik dzyudochi Hedvig Karakasga yutqazib, natijada 9-oʻrinni egalladi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 57 kg gacha vazn toifasida u finalda mongoliyalik dzyudochi Dorjsürengiin Sumiyaani magʻlubiyatga uchratib , Braziliya terma jamoasiga dzyudo boʻyicha yagona oltin medalni keltirdi. 2016-yil 10-avgustda Braziliyaning Globo Esporte jurnaliga bergan intervyusida u Tamara ismli ayol bilan uzoq muddatli munosabatlari haqida gapirib berdi.

2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida u uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda fransiyalik sportchi Sarah Cysiqueni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2022-yilda Limada (Peru) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Panamerika chempionatida u uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda argentinalik sportchi Brisa Gomezni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Medal natijalari



Yozgi Olimpiada oʻyinlari




Dzyudo boʻyicha Panamerika chempionati




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz