Rafael Márquez Lugo
Rafael Markes Lugo (ispancha: Rafael Márquez Lugo; 1981-yil 2-noyabrda Mexiko shahrida tugʻilgan, Meksika) — meksikalik futbolchi va hujumchi hisoblanadi. U Meksika terma jamoasida ham faoliyat olib boradi.
Jamoalardagi faoliyati
Markes Lugo oʻzining „UNAM Pumas“dagi debyutini Apertura 2000-yilda oʻtkazgan hamda bir marta zaxiradan maydonga tushgan. Keyingi ikki yil davomida Rafael yuqori raqobat tufayli kamdan-kam oʻynagan. „Pumalar“ bilan oʻynagan vaqtida u 38 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan. 2003-yilda Markes Lugo Yaguares Chiapasga oʻtdi, lekin u yangi jamoada ham unchalik muvaffaqiyatga erisha olmadi. U 31 uchrashuvda atigi 3 ta gol urgan Mavsum oxirida u Monarkas Moreliyaga qoʻshilgan.
2007-yilning 11-iyunida Markes Lugo jamoadoshi Luis Rey bilan birga Pachukaga ijaraga berilgan. 4-avgust kuni Estudiantes Tecosga qarshi oʻyinda Rafael yangi jamoasi safidagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati
2004-yilda Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Rafael Afinadagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Turnirda u Mali, Janubiy Koreya va Gretsiya bilan oʻyinlarda maydonga tushdi. Greklarga qarshi kechgan duelda Markes gollardan birini kiritdi.
2005-yilda Lugo Konfederatsiyalar kubogi uchun arizaga kiritilgan. Turnirda u Germaniyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Oʻsha yili Rafael KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Yamayka va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi.
2011-yilda Rafael Meksika terma jamoasiga Argentinaga Amerika Kubogi safari uchun chaqirilgan. Turnirda u Peru, Chili va Urugvay termalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2013-yilda Lugo ikkinchi marta KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kanada, Trinidad va Tobago, Martinika va ikki marta Panamaga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.
Meksika jamoasidagi gollari
Yutuqlari
„Pachuka“ 1 Shimoliy Amerika superligasi — 2007
„Atlanta“ „Atletiko Moreliya“ Manbalar
uz.wikipedia.org