Rafael Marquez




Rafael Marquez Alvarez (ispancha: Rafael Márquez Álvarez)-markaziy himoyachi,tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan meksikalik futbolchi va murabbiy.1979-yil 13-fevralda Michoakanning Samora-de-Idalgo shahrida tugʻilgan.Uzoq vaqt davomida u Meksika terma jamoasi sardori boʻlgan.

Klubdagi faoliyati



Rafael oʻz faoliyatini Gvadalaxaraning „Atlas“ klubida boshlagan va u yerda 17 yoshida debyut qilgan.U Meksika klubida juda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi.Ular uchun 77 oʻyinda maydonga tushdi va 1997-yilda Meksika terma jamoasiga taklif qilindi.

1999-yilda Marquez 6 million yevro evaziga „Monako“ga oʻtgan.Fransiyada ham Maquezga omadli keldi va u birinchi mavsumidayoq jamoaga Fransiya chempioni boʻlishiga yordam berdi.Yirik klublardan kelgan takliflarga qaramay, Marquez 2003-yilgacha „Monako“da qoldi.Shundan so‘ng 5 million yevro evaziga "Barselona" ga o‘tdi.

„Barselona“dagi ilk mavsumida meksikalik markaziy himoyachi sifatida 21 oʻyinda maydonga tushdi va jamoaga ligada 2-oʻrinni egallashiga yordam berdi.Oʻzining ikkinchi mavsumida Marquez asosan yarim himoyachi sifatida oʻynadi, chunki Tiago Motta,Edmilson va Jerar Lopes jarohat oldi.U ajoyib mavsum oʻtkazdi.U „Barselona“ning La Ligadagi gʻalabasidagi eng muhim oʻyinchilardan biri edi. „Barselona“da u 4-raqamda oʻynagan.Bu raqam ostida Kataloniya klubi afsonalaridan biri Xosep Gvardiola oʻynagandi.

2010-yil 1-avgustda Rafael oʻsha yilning iyul oyida "Barselona"dan AQShga ketgan Tyerri Anridan keyin MLSning „Nyu-York Red Bulls“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2012-yil 12-dekabrda „Nyu-York“ klubi oʻzaro kelishuvga koʻra Marquez bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi.

2012-yilning 13-dekabrida Marquez Meksikaning „Leon“ klubiga o‘tgani va u uchun Klausura-2013 mavsumidan boshlab o‘ynay boshlagani maʼlum bo‘ldi.

2014-yilning 4-avgustida Rafael Marquez Italiyaning „Hellas Verona“ klubiga o‘tdi.

U soʻnggi uch yilni klub darajasidagi „Atlas“da oʻtkazdi va u yerda professional darajada futbol oʻynay boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati



Marquez Meksika terma jamoasidagi ilk oʻyinini 1997-yilning 5-fevralida Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.Tez orada Marquez milliy terma jamoaning 2002,2006,2010,2014 va 2018-yillardagi jahon chempionatlarida barcha oʻyinlarida ishtirok etgan eng muhim futbolchilardan biriga aylandi.Rafael Marquez oʻz milliy terma jamoasini beshta jahon chempionatida sardorlik qilgan tarixdagi yagona futbolchi.Shuningdek jahon futboli tarixida vatandoshi Antonio Karbaxal,germaniyalik Lotar Matteusdan keyin beshta jahon chempionatida qatnashgan uchinchi futbolchidir.

2017-yil iyun oyida Marquez 2018-yilgi jahon chempionati dan keyin futbolchi sifatida faoliyatini yakunlash niyatida ekanligini eʼlon qildi.3-iyul kuni 2018-yilgi jahon chempionati 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Yutuqlari



Jamoaviy

"Monako"

"Barselona"

"Nyu-York Red Bullz"

"Leon"

Meksika terma jamoasida

Shaxsiy

Shahsiy hayoti



Marquezning otasi Rafael Marquez Eskeda ham sobiq professional meksikalik futbolchi edi.

Marquez 2001-yildan 2007-yilgacha meksikalik aktrisa Adriana Lavat bilan turmush qurgan.Ushbu nikohdan uning ikki farzandi bor-oʻgʻli Santyago Rafael va qizi Rafaela.U 2011-yildan beri meksikalik model Xeydi Mishel bilan turmush qurgan.

2017-yil avgust oyida AQSH Moliya vazirligi Marquezni narkotik mafiyasiga yordam berishda aybladi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra,Marquez Sinaloa va Zalisko Yangi avlod jinoiy kartellari bilan aloqador Raul Flores Ernandes uchun pul yuvish bilan shugʻullangan.Vazirlik qarori bilan Marquezning Qoʻshma Shtatlari yurisdiktsiyasi ostidagi barcha aktivlari muzlatib qoʻyildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz