Rafael Delgado
Rafael Marcelo Delgado (talaffuzi: Rafael Marselo Delgado) 1990-yil 13-yanvarda Santa-Fe provinsiyasida tavallud topgan. Argentinalik futbolchi „Defensa y Justicia“ klubi himoyachisi.
Biografiyasi
Rafael Marcelo Delgado oʻzining tugʻilgan joyi Rekonkistada futbol oʻynashni boshladi, keyin esa „Rosario Central“ akademiyasiga kirdi. 2011-yilning 4-aprelida Rafael Marcelo Delgado „temiryo‘lchilar“ning asosiy tarkibida boshqa bir temiryo‘lchilar jamoasi „Ferro Carril Oeste“ga qarshi o‘yinda debyut qildi. Bu oʻyinda „Rosario“ safida maydonga tushib, toʻp surgan futbolchi Rafael Marcelo Delgado raqiblarini 3:0 hisobida magʻlub etishda bevosita muhim ahamiyat kasb etgan. Rafael Marcelo Delgado asosiy tarkibga tushib, 14-daqiqada sariq kartochka olib, 46-daqiqada jamoasining birinchi (va faoliyatidagi birinchi) golini kiritishga muvaffaq boʻlgan.„Rosario Central“ uchun 102 marta liga va kubok oʻyinlarida ishtirok etib, toʻrtta gol urgan Rafael Marcelo Delgado 2014-yil dekabr oyida erkin agentga aylandi. U 2015-yilning birinchi yarmini „Estudiantes“da oʻtkazdi va keyin „Defensa y Justicia“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilda Rafael Marcelo Delgado Kolumbiyaning „Atletico Nacional“ jamoasida ijara asosida oʻynadi. Vataniga qaytgach, bu futbolchi oʻz tarixida birinchi marta oʻz jamoasiga Argentina chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2019/20-yilgi mavsum oxirida, 2020/21-mavsumning bir qismida (taqvim yili oxirigacha) „Kolon“ safida ijara asosida o‘ynadi. Qaytgandan soʻng, Rafael Marcelo Delgado 2021-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli boʻlib oʻtgan Copa Sudamericananing soʻnggi bosqichlarida „Defensa y Justicia“ jamoasiga qoʻshildi. Rafael Marcelo Delgado oʻz jamoasiga tarixda birinchi marta xalqaro kubokni qoʻlga kiritishda yordam berdi.
Yutuqlari
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org