Rafael Cabral
Rafael Cabral Barbosa — 1990-yil 20-mayda tugʻilgan,
Rafael Cabral yoki oddiygina
Rafael nomi bilan tanilgan. Braziliyalik professional futbolchi, „Cruzeiro“ darvozaboni.
Jamoalardagi faoliyati
Santos
Sorocaba shahrida tugʻilgan Rafael 2003-yilda Santos yoshlar tizimiga qoʻshilgan. 2010-yilda u asosiy jamoaga koʻtarildi. Biroq, markaziy himoyachi Domingos bilan toʻqnashib ketishi oqibatida, oʻng oyogʻini sindirib oldi va toʻrt oyga safdan chiqdi.
Rafael AQShning „Santos“ va „New York Red Bulls“ jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning ikkinchi boʻlimida maydonga tushdi. Unda Red Bull 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Rafael gol oʻtkazib yubormadi. New Yorkdan uchta gol birinchi boʻlimda, darvozabon Fabio Kosta boʻlganida kiritildi.
Uning „Santos“ safida rasmiy oʻyindagi debyuti 2010-yilning 2-iyunida Mineyraoda „Santos“ va „Cruzeiro“ oʻrtasidagi oʻyinda boʻlib oʻtgan va unda 0:0 hisobi qayd etilgan. U oʻsha mavsumda oldingi 37 ta oʻyinda qatnashgan Felipe oʻrnini egalladi.
2012-yilning 20-avgustida Rafael Cabralning oʻng koʻzidan qon keta boshladi. U 2012-yilgi Campeonato Brasileiro A Seriyaning „Santos“ — „Corinthians“ uchrashuvida Xuan Manuel Martines bilan toʻqnashib ketdi. Keyin u oʻzini tikladi va oʻyinni davom ettira oldi. Oʻyinda „Santos“ 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Napoli
2013-yilning 28-iyunida Rafael „Santos“dan Italiyaning „Napoli“ jamoasiga sotildi. Adzurrilar braziliyalik darvozabon uchun 5 million yevro toʻlagan. Rafael UEFA Chempionlar ligasidagi debyutini Neapoldagi guruh bosqichida "Arsenal" ga qarshi oʻtkazdi. Uchrashuvda „Napoli“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va Rafael inglizlarga qarshi oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shunga qaramay, „Napoli“ guruh bosqichidan chiqa olmadi.
U ijaraga olingan Pepe Reyna ketganidan keyin 2014/15-yilgi mavsumda Rafael Benitesning asosiy darvozaboni boʻlgan. 22-dekabr kuni Dohada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Italiya Superkubogida u Simone Padoinni penaltilar seriyasi oxirida toʻsatdan magʻlubiyatdan qutqarib, "Yuventus" ustidan gʻalaba qozondi.
Sampdoria
2018-yilning 22-iyulida Rafael Cabral „Sampdoria“ bilan tekinga shartnoma imzoladi. 2019-yilning 5-avgust kuni „Sampdoria“ Rafael Cabralning klub bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinganini eʼlon qildi.
Reading
2019-yilning 6-avgustida Reading Rafael bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Rafael EFL kubogida Uikomb Uonderersga qarshi debyut qildi va penaltilar seriyasida ikkita penaltini saqlab qoldi. Rafael Sky Bet chempionatidagi debyutini „Kardiff City“ga qarshi oʻtkazdi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va birinchi marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Keyin esa u „Everton“ga ijaraga olingan Joau Virjiniya va Sem Uokerni ortda qoldirib, 1-oʻringa daʼvogarlik qildi. Rafaelning dekabr oyidagi ketma-ket oʻyinlardagi qahramonliklari unga WhoScored.com saytida 2019-yil dekabr oyining eng yaxshi jamoasi nomini oldi.
2020-yilning 22-iyulida, 2019/20-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyini oldidan Rafael klubning eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi.
2022-yilning 17-yanvarida Rafael oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasi bekor qilinganidan keyin „Reading“ni tark etdi.
Cruzeiro
2022-yilning 19-yanvarida Rafael Evropadagi 9 yillik faoliyatidan soʻng Braziliyaga qaytib, B Seriyaning „Cruzeiro“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliayt
Rafael Braziliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yil 30-may kuni AQSHga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
U London 2012-Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Braziliyaning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan, ammo keyinchalik jarohati tufayli almashtirilgan.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil 8-yanvar[14]
Yutuqlar
Santos Napoli Individual Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org