Rafadan Tayfa
Rafadan Tayfa- 2014-yil 1-dekabrdan boshlab TRT Çocuk telekanalida efirga uzatila boshlagan turk animatsion multifilmi. ISF Studios kompaniyasi tomonidan Ankarada ishlab chiqarilgan. Multfilmning produsyeri va rejissori Ismoil Fidan. Bugungi kunda Ramazon oyida efirga uzatiladigan Ramazan Tayfa va har kuni efirga uzatiladigan Trafik Tayfa va Dijital Tayfa kabi turli seriyalari mavjud.
Mavzusi
Multfilm „Rafadan Tayfa“ nomli bir guruh doʻstlarning sarguzashtlaridan iborat. Multfilm 90-yillardagi mahalla hayoti va samimiy insoniy munosabatlarni aks ettiradi. Bu guruhning nomi esa, filmning bir epizodini suratga olish jarayonida Hayrining ochlikdan „Kafadan Tayfa“ oʻrniga „Rafadan Tayfa“ deb yuborishi natijasida kelib chiqqan. Bu nomni tanlashlarining sababi bu nom insonlarni oʻziga jalb qiladi.
Istanbulning Anadolu Yakası tomonida joylashgan mahallada yashovchi bu doʻstlar guruhi bilan har xil kulgili voqealar va sarguzashtlar sodir boʻladi. Filmda ana shu quvnoq voqea va hodisalar goʻzal va taʼsirli koʻrsatilishi bilan birga, 90-yillardagi insonlar oʻrtasidagi samimiylik, iliqlik, qoʻshnichilik munosabatlari ham oʻz aksini topadi. Baʼzan seriyalar oxirida nasihatlar qilinadi. Ular Bizim Bahçe jurnalidagi "Fikri bilan Hayri" boʻlimining qahramonlarining nusxasi sifatida tanilgan. Multfilm har kuni soat 10:40, 15:35 va 18:50 da TRT Çocuk kanalida efirga uzatiladi.
Ishlab chiqarishi
Multfilmning produsyeri va rejissyori-İsmail Fidan. Musiqasini Tarık Ergün bastalamoqda.
Multfilmning prodyuserlik dizayni Ozan Civitga tegishli. Multfilm qahramonlari dizaynini H. Celal Koç, 2D personaj dizaynini Ömer Ayar, personajlarni modellashtirishni esa Mustafa Abacı amalga oshirmoqda. Filmning vizual effektlari Kubilay Kafkaslı va Ömer Ayar tomonidan yaratilmoqda. Film Ankarada ISF Studios tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Efirga uzatish taqvimi
Qahramonlar
Kino
2014-yilning 1-dekabr kuni TRT Çocuk telekanalida efirga chiqqan Rafadan Tayfa, vaqt oʻtishi bilan koʻplab tomoshabinlarga ega boʻlganligi sababli multfilm ishlab chiqaruvchilar guruhi film suratga olishga qaror qiladilar.
2018-yil 26-oktabrda kinoteatrlarga chiqqan "Rafadan Tayfa: Dehliz Macerası " nomli film, bu jarayonning birinchi ishi boʻldi. Sarguzashtlarga boy mazkur film 18 million turk lirasidan ortiq daromad keltirdi. Ommaning yuqori talabiga koʻra, prodyuserlar guruhi bir yildan keyin, 2019-yil 27-dekabrda ikkinchi film "Rafadan Tayfa: Göbeklitepe"ni ishlab chiqardi. Bu film birinchisiga qaraganda katta muvaffaqiyatga erishdi va 55,7 million turk lirasi miqdorida daromad keltirdi. Bundan tashqari, ushbu film Turkiyada hozirgacha eng koʻp tomosha qilingan animatsion film boʻldi. Filmda Turkiyaning Şanlıurfa viloyatidagi Göbeklitepeni tasvirlanishi madaniy jihatdan muvaffaqiyatli va taʼsirli loyiha sifatida koʻrildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org