Radomir Đalović




Radomir Đalović (1982-yil, 29-oktyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi. Xalqaro musobaqada u Chernogoriya sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati



Yoshligi



Bijelo Polye shahrida tugʻilgan Đalović futbolchilik faoliyatini ona shahri FK Jedinstvo Bijelo Polje klubida boshlagan. Tez orada uni Red Star Belgrade klubi payqab qoldi va oʻsha paytda Red Star klubi Perica Ognjenovic ismli futbolchisini Real Madrid klubiga sotgan edi. Đalović Bijelo Polyedagi jamoadoshlariga nisbatan kuchli va juda yetuk oʻyinchi boʻlib, Belgrade jamoasini hayratda qoldirdi va ular bilan shartnoma imzoladi, ammo „Red Star“ safida hech qachon yaxshi taassurot qoldira olmadi. Jamoa bilan atigi yarim mavsum oʻtkazganidan soʻng, FK Zeleznik klubiga oʻtib ketgan. Keyinchalik, Turkiyaning Kayseri Erciyesspor klubidagi faoliyatidan soʻng, Đalovich NK Zagreb va ambitsiyali NK Rijeka klublarida yaxshi taassurot qoldira oldi. U oʻzining tezligi, chaqqonligi va sport mahorati bilan mashhur edi, bu esa unga qaychi uslubidagi ajoyib zarbalarni amalga oshirish imkonini berdi.

Sepahan



Đalović 2012-yilning yozida Eronning Sepahan jamoasiga kelib qoʻshildi, oʻsha paytda Sepahan klubiga Đalović bilan tanish boʻlgan Zlatko Kranjčar bosh murabbiylik qilardi. Aytilishicha, Sepahan Amkarga Đalovićning Eronga olib kelish uchun 600 000 yevroga teng pul toʻlagan ekan. Đalović 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Al Nasr SC“ (Dubay) va "Al-Ahli" (Jidda) jamoalariga qarshi oʻyinlarda gol urib, hammani hayratda qoldirgan bo‘lsada, „Sepahan“ klubi o‘sha mavsumda „C“ guruhidan chiqa olmadi.

Shanghai Shenxin



2014-yilning fevralida Đalović Xitoy Superligasi vakili Shanghai Shenxin klubiga oʻtdi.

Titograd OFK



2019-yil, 28-iyun kuni Titograd OFK Đalović bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati



U Chernogoriya terma jamoasi safida 2007-yilning oktyabrida Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va jami terma jamoa safida 26 ta oʻyin oʻtkazib (22 tasi rasmiy oʻyinlardir), 7 ta gol urgan va bu bilan Chernogoriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida oltinchi oʻrinni egalladi. Uning soʻnggi xalqaro oʻyini 2011-yil noyabr oyida Chexiya terma jamoasiga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida boʻlgan. 2012-yil, 18-fevralda shaxsiy sabablarga koʻra nafaqaga chiqdi.

Faoliyat statistikasi



2016-yil, 17-mart holatiga ko'ra

Yutuqlari



Red Star Belgrade

Sepahan

Budućnost Podgoritsa

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz