Radiy Fish
Radiy Gennadiyevich Fish (1924-yil 28-oktyabr, Leningrad — 2000 yil 6-sentyabr, Mosvka) — rus yozuvchisi, sharqshunos, tarjimon, filolog va harbiy xizmatchi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Tarjimayi holi
Radiy Fish 1924-yil 28-oktyabrda Leningradda tavallud topgan. Otasi yozuvchi, kinossenarist Gennadiy Semyonovich Fish (1903—1971), onasi xoreograf Emma Mixaylovna Silderman (1900—1976). Yozuvchi oʻn yoshida Xitoyga, yaʼni inqilobga yordam berish uchun qochib ketmoqchi boʻlganini, bu qarorni xitoy tilini oʻrganib boʻlgandan soʻnggina amalga oshirishga ahd etganini eslab oʻtadi. Bolaligidan boksga qiziqqan. Nemislar Sovet Ittifoqiga hujum qilgan kuni Fish oʻrta maʻlumot toʻgʻrisidagi shahodatnomani oladi va koʻngilli ravishda frontga ketadi. U Uzoq Shimoldagi Kareliyaning qor va botqoqlarida dengiz piyodalari qoʻshinining razvedka leytenanti sifatida jang qilgan. 1944-yil 11-martda ogʻir yaralangan.
Davolanib chiqqanidan soʻng, Moskva Sharqshunoslik institutining xitoy tili fakultetida boʻsh joy boʻlmagani uchun turk tili fakultetiga o‘qishga kiradi. 1949-yili ushbu fakultetda, 1952-yili aspiranturada oʻqishni tamomlaydi. „1919—1922 yillardagi turk xalqini milliy-ozodlik urushi turk badiiy adabiyotida“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1958-yilda baliq ovlash kemasida dengizchi boʻlib ishga kirgach, deyarli butun Atlantika va Tinch okeanini aylanib chiqadi.
Fish uzoq yillar Turkiya adabiyoti va madaniyati bilan shug‘ullangan. 1951—1963-yillarda Nozim Hikmat bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
1964-yilda birinchi nasriy kitobi „Za okunem cherez okean“ (ruscha: „За окунем через океан“) nashr etiladi. Yozuvchi 1955—1962-yillari Riga yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, keyinchalik latish tilidan tarjimon (1964), SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1984) boʻlgan Valda Adolfovna Volkovskayaga uylangan. 1962-yildan boshlab yozuvchi oliasi bilan „Sovetskiy pisatel“ uy-joy qurilish kooperativiga tegishli uyda (Krasnoarmeyskaya koʻchasi 27-uy) istiqomat qilishgan. 2000-yil 6-sentyabrda yozuvchi vafot etadi va Vagankovo qabristoniga dafn etiladi.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org