Radiosport
Radiosport — sportning texnik turi, qisqa va ultraqisqa toʻlqinlarda havaskorlik radioaloqalarini oʻrnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, "tulki ovi" i (pelengatorpriyomniklar yordamida maxfiy uzatgich — "tulki"ni izlash) va boshqa boʻyicha turli kompleks musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik ittifoqi (1925-yil tashkil etilgan)ga 128 mamlakat aʼzo (1987). Jahon chempionatlari 1925-yildan buyon oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonda R. 1954-yildan paydo boʻlgan. Respublika R. chilari sobiqittifoq va jaxrn musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli oʻrinlarni egallaganlar. Yu. P. Kormayev, S. M. Kirvitskiy, G. G. Tursunov, S. D. Ju ; ravlev, S. Krasikov, M. V. Ribalov, Y. Rahimov R.ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Hozirgi vaqtda Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida R. boʻyicha 200 ga yaqin seksiyalar ishlab turibdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org