Radiospektroskopiya




Radiospektroskopiya (radio... va spektroskopiya) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalarni tadqiq qilish usullari majmui. Radiotoʻlqinlarning nurlanishi va rezonans yutilish spektrlarini oʻrganishga asoslanadi. Dastlab (1933) ammiakning inversion (qarang Inversiya) spektrini tadqiq qilishda qoʻllanilgan.

Optik spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya va myossbauer uspektroskopiyadan farqli ravishda, R. energiyaning ichki kvantlari spektroskopiyasi hisoblanadi, shuning uchun unda energiyaning bir-biriga yaqin turgan satxlari orasidagi energiya oʻtishlari tadqiq qilinadi. R. usullari tadqiqotlarda foydalaniladigan fizik effektlarga bogʻliq boʻladi. Eng keng tarqalgan usullar; antiferromagnit rezonans, elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans, siklotron rezonans, yadroviy magnit rezonans, mikrotoʻlqinlar R.si, R. kvant genera h torlar va kuchaytirgichlar, lazerlar, molekulyar generatorlar, aniq vaqt va chastota standartlari va boshqalarning yaratilishiga asos boʻldi.

Yana q.




Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz