Radioprotektor
Radioprotektor (lotin tilida radius - nur va protector - himoya qilmoq degan m a’noni anglatadi) - biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanishta’sirigachidamliliginioshiruvchikimyoviy modda hisoblanadi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki muvafaqqiyatli sinov lajribalari 1949-yilda amalga oshirilgan. Radioprotektorlarhujayrada amalga oshuvchi fizik-kimyoviy jarayonlar, moddalar almashinuvi faolligiga ta’sir ko‘rsatish orqali radiatsion nurlanishning salbiy ta’sirini susaytiradi. 1945-yilda yuz bergan «Xirosima—Nagasaki fojeasi» dan keyin radio biofizika fan sohasi rivojlanishida yangi davr boshlangan. Ya’ni, radiatsion nurlanishning odam organizmiga ta’sir oqibatlari aniqlangan, shuningdek, nurlanish kasalligiga qarshi davolash va profilaktika nuqtai nazaridan samarali vositalarni yaratish yo'nalishida ilmiy tadqiqotlar boshlangan. 1955-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan Atom radiatsiyasining odam organizmiga ta ’sirini o'rganish bo 'yicha qo'mita tashkil qilingan. Ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri davomida yoki ushbu ta’sirdan keyin, odam organizmida radiatsion zararlanishga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday modda -
radioprotektor (Radioprotective agent) sifatida qayd qilinishi mumkin. Umumiy holatda, radioprotektorlar 3 ta guruhga tasniflanadi:
1. Profilaktik moddalar (Prophylactic agents);
2. Mitigatorlar (Mitigators);
3. Terapevtik (davolovchi) moddalar.
Profilaktik radioprotektorlar - radiatsion nurlanish ta’sir qilishi oldidan qo‘llanilganda, ionlashtiruvchi nurlanishning organizmga salbiy ta’sirini susaytiruvchi moddalar hisoblanadi.
Mitigatorlar - radiatsion nurlanish ta ’siri davomida yoki undan keyin, nurlanishning salbiy ta’sirini susaytirish maqsadida qo‘ llaniluvchi radioproteksion moddalar hisoblanadi. Mitigator moddalar radionuklidlarning biologik to‘qima hujayralariga so‘rilishini, yig'ilishini susaytiradi. Masalan, kaliy yodid (K ) qo‘llanilganda qalqonsimon bez hujayralarida radioaktiv I izotopi yig‘ilishi susayishi qayd qilinadi. Kaliy yodid ( К ) tuzi qalqonsimon bezning yodga bo‘lgan talabini qondiradi va o ‘z navbatida, radiatsion nurlanish fonida radionuklidlarning (jumladan, U ) salbiy ta’sirini susaytiradi.
Terapevtik (davolovchi) moddalar - radiatsion nurlanish ta’sirida yuzaga keluvchi patologik holatlami (<nurlanish sindromlari) bartaraf qilish, biologik to‘qimalar hujayralari funksiyasini qayta tiklash maqsadida foydalaniluvchi radioprotektor moddalar hisoblanadi.
Odatda, radioprotektorlar kimyoviy tuzilishi va ta ’sir mexanizmiga ko‘ra, tasniflanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, radioprotektorlar quyidagi turlarga tasniflanadi:
• Tarkibida oltingugurt atomi mavjud boigan radioprotektorlar (imerkaptoetilamin, aminotiot).
• Indolilalkilaminlar (meksamin, serotonin).
• Arilalkilaminlar (tiramin, noradrenalin, dofamin, adrenalin).
• Imidazol hosilalari.
• Boshqa radioprotektorlar (atsetilxolin).
V1 ,V2 ,V12 vitamin, gormonlar (estradiol, estriol, androsteron, m etiltestosteron, adrenokortiqotrop gormon, adrenalin, noradrenalin) tabiiy radioprotektorlar hisoblanadi.
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra, radioprotektorlar quyidagi turlarga tasniflanadi:
• Gipoksik ta’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar (serotonin,meksamin, feniltiazol, benzotiazol, ditiazin, imidazolin);
• Gipoksik tavsifga ega bo'lmagan ta ’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar (sistamin, sistein, sistafos, gammafos).
Foydalaniluvchi doza qiymatiga bog'liq holatda, radiatsion nurlanishdan himoyalash samaradorligiga ko‘ra radioprotektorlar
quyidagi guruhlarga tasniflanadi:
•
Mieloprotektorlar - odatda, bir martalik radiatsion nurlanishda (1-10 Gr) samarali qo‘llaniladi;
•
Enteroprotektorlar — (tiazol, triazol, tiadiazin, geterilalkan, prostaglandin) 10 - 20 Gradiapazonda radiatsion nurlanishga qarshi qo'llanilib, organizm
to ‘qima hujayralarida kislorod iste’moli qiymatini susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
•
Serebroprotektorlar - (glotamatergiksinaps blokatorlari) 80 Gr radiatsiya nurlanishi ta’siriga qarshi foydalaniladi. Shuningdek, radioprotektorlar himoyaviy ta’sir vaqti davomiyligiga ko‘ra quyidagi turlarga tasniflanadi:
•
Qisqavaqt davom ida ta ’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar (adrenalin, noradrenalin);
•
Uzoq vaqt davomiyligida ta ’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar. uz.wikipedia.org