Radiogalaktika




Radiogalaktika (radio... va Galaktika) — oʻzidan elektromagnit nurlanish spektrining radio toʻlqinlar sohasida nisbatan koʻp energiya tarqatuvchi galaktikalar. Aslida barcha galaktikalar radio toʻlqinlar sohasida nurlanishga ega, lekin bunda R.ning nurlanishi 1042 erg/sek dan kam emas. Eng kuchli radionurlanishga ega boʻlgan R. sinfini D — galaktikalar tashkil etib, ular fazoviy keng va optik nurlarda koʻrinuvchi toji boʻlgan elliptik galaktikalar hisoblanadi. Galaktika toʻdalarida esa eng kuchli R. ularning aynan markazida kuzatilib, juda massiv boʻlgan cD — galaktikalar bilan ustma-ust tushadi. R. ning radionurlanishi sinxrotron mexanizm orqali tushuntiriladi va ulardagi relyativistik zarralar bulutining magnit maydonda harakati tufayli sodir boʻladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz