Radioaktivatsion tahlil
Aktivatsion tahlil , radio-aktivatsion tahlil — moddaning sifati va miqdoriy tarkibini aniqlash usuli. 1936-yilda D. Xeveshi va G. Levi taklif etgan. Neytronlar, zaryadlangan zarrachalar (protonlar va boshqalar) yoki u-kvantlar oqimi taʼsirida hosil boʻlgan nuklidlarning radioaktiv nurlanishini tadqiq qilishga asoslangan. Oʻzbekistonda Aktivatsion tahlil boʻyicha tadqiqotlar 1960-yilda Ye. M. Lo-banov tomonidan boshlangan va uning ri-vojiga A. A. Kist, V. A. Moʻminov, A. G. Gʻaniyevlar katta hissa qoʻshishgan. Intensivligi −1013 sm"2-s2 boʻlgan neytronlar oqimidan foydalanilganda kupgina elementlarni 10’5-10"10 aniqlik bilan sezish mumkin. u-Aktivatsion tahlil uchun yuqori energiyali elektronlarni tor-mozlaganda chiqadigan katta intensivli (10y-10ls kvantGʻs) nurlanishdan foydalaniladi. Bu usul bilan davriy sistemaning barcha elementlarini aniqlash mum-kin va undagi sezgirlikning chegaraviy kiymati −10~*-10"7% ga yetadi. Olingan spektrlarni tahlil qilish va nati-jalarga ishlov berish uchun koʻp kanalli analizatorlar va E.M qoʻllaniladi, bu esa jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi. Aktivatsion tahlil ning asosiy ustunliklaridan biri — turli ob’ektlardagi elementlarning juda oz miqdorini aniqlay olish va koʻplab na-munalarni tez taxlil qila bilish imkonidir. Aktivatsion tahlil oʻta toza materiallardagi kirishmalarni, biologik ob’ektlardagi mikroele-mentlarni aniqlashda, arxeologiya, geol., tibbiyot, kriminalistika va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org