RADIOAKTIV IZOTOPLAR — kimyoviy elementning beqaror, parchalanuvchi izotoplari. Radioaktiv izotoplar tabiiy (50 dan ortiq) va laboratoriya sharoitida turli yadro reaktsiyalari natijasida olinadigan sun’iy (1000 dan ortiq) xillarga bo’linadi. Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari ma’lum. Radioaktiv izotoplar fan va texnika tadqiqotlarida, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish