Radif




Radif (arab. — ketmaket keluvchi) — Sharqxalqlari, shu jumladan, oʻzbek sheʼriyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, ibora, ran. R. bir soʻz (qisqa R.) yoki bir necha soʻz (yoyiq R.)dan iborat boʻlishi mumkin. Bir soʻzli R. koʻproq uchraydi. Sheʼr texnikasi taqozosiga koʻra, R. takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. Gʻazalda R. matlaʼdan maqtaʼgacha qofiyadosh suzlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Baʼzan R. qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi. R. qofiya bilan boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uygʻunligini taʼminlashga xizmat qiladi, sheʼrga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. Sheʼrning tarjimasida ham R. saqlanib qoladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz