Rachel McLauchlan




Rachel McLauchlan (1997-yil 7-iyulda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Reynjers klubi va Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi. 2017-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Klubdagi karyera



U futbolchilik faoliyatini Inverness Sitida (2013—2014) boshlagan, keyin 2014-yilning avgustida Aberdinga koʻchib oʻtgan.

«Hibernian»



2016-yil yanvar oyida u Hibernian bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 5-oktabrda u UEFA Chempionlar ligasi 1/32 finalida «Bavariya»ga qarshi oʻyinda (0:6) debyut qildi, «Bavariya»ga qarshi javob oʻyinida (1:4) ham maydonga tushdi. Hibernian tarkibida u uch marta Shotlandiya chempionatining kumush medali sovrindori (2016, 2017, 2018), Shotlandiya kubogining uch karra gʻolibi (2016, 2017, 2018) va ikki marta (2017, 2018) Shotlandiya Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.

2016-yilning 6-noyabrida u «Glazgo City»ga qarshi finalda oʻynab, Shotlandiya kubogi sohibiga aylandi, bu oʻyinda Hibernian penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi (1:1, pen. 6:5), McLauchlan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.

2017-yil 28-mayda u Premer-liga doirasida Stirling universiteti jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) 87-daqiqada gol urib, hisobni ikki barobarga oshirdi. 2017-yilning 25-iyunida u Premer-liga doirasidagi Aberdinga qarshi oʻyinning (8:0) 19-daqiqada hisobni ochdi bu uning mavsumdagi ikkinchi goli boʻldi. U chempionatdagi uchinchi golini 2017-yil 24-sentabr kuni Stirling universiteti darvozasiga kiritdi, oʻshanda Rachel oʻyinning 13-daqiqada hisobni ochgan (2:0). 2017-yil 15-oktabrda u mavsumdagi 4-golini Aberdinga qarshi oʻyinda (7:2) kiritdi. 2017-yil 29-oktabr kuni Premer-liganing navbatdagi oʻyinida u spartaliklarga (8:0) qarshi penta-trikka erishgan. Hammasi boʻlib, 2017-yilgi mavsumda u Hibernian uchun Premer-ligada 18 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 54 ochko bilan klub chempionatda Glazgo Citydan keyin 2-oʻrinni egalladi.

Oʻtgan mavsum oxirida toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli 2018-yilgi mavsum boshida bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan. 2018-yilning 22-aprelida u Premer-liga doirasida «Seltik»ga qarshi oʻyinda 24 va 46-daqiqalarda gol urib (3:1) dubl qayd etgan. 2018-yil 6-may kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi liga oʻyinida u Stirling universiteti jamoasi darvozasiga ham gol urdi (3:0). 2018-yilning 16-may kuni, 40-daqiqada u Premer-liga doirasida Xemilton Akademiklga qarshi oʻyinda (5:1) hisobni ochdi. 2018-yil 20-iyun kuni u Forfar Farmingtonga 20-daqiqada (6:0) gol urib, hisobni ochishga erishdi. 2018-yilning 29-iyulida u Premer-liga doirasida Xemilton Akademikalga qarshi oʻyinda (5:0) dubl qayd etgan. 2018-yil 28-oktabr kuni u Premer-liganing soʻnggi turida «Reynjers»ga qarshi oʻyinda (7:1) xet-trik qayd etdi. Umuman olganda, u 2018-yilgi mavsumda Premer-liganing 19 ta oʻyinida 10 ta gol urib, Hibernianda ikkinchi toʻpurar va chempionat toʻpurarlarining umumiy roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi uning klubi ligada 2-oʻrinni egallab, UEFA chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Hibernian tarkibida u 2018-yilda Shotlandiya chempionatining kumush medal sovrindori, 2018-yilda Shotlandiya kubogi sohibi va 2018-yilda Shotlandiya ligasi kubogini qoʻlga kiritdi, oʻyinchilar ichida klubning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Yeovil Town



2019-yilning 24-yanvarida u Hiberniandan Angliyaning «Yeovil Town» klubiga koʻchib oʻtdi va FA Ayollar Superligasida oʻynadi oʻshanda Rachel jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. 2019-yilning 27-yanvarida u «Yeovil Town» safida Superliganing «Bristol City» qarshi safar oʻyinida (1:2) asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2019-yilning 10-fevralida u Angliya kubogida debyut qildi, u yerda «Yeovil Town» 4-turda «Birmingem City»ga (1:2) yutqazdi. Umuman olganda, 2018/19-yilgi mavsumda u «Yeovil Town» safida barcha musobaqalarda 8 ta oʻyin oʻtkazdi (7 tasi Superligada va 1 tasi Angliya kubogida) va klub chempionatni 6-oʻrinda yakunladi.

Glazgo City



2019-yil 10-iyulda u «Yeovil Town»dan Shotlandiyaning «Glazgo City» klubiga koʻchib oʻtdi. U 2019-yil 4-avgust kuni «Glazgo City» safida Premer-liga doirasida «Hibernian»ga qarshi (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinda debyut qilgandi. 2019-yil 11-sentabr kuni u 2019/20-yilgi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etdi, unda Glazgo Siti 1/32 finalning birinchi oʻyinida Rossiyaning Chertanovo klubini (1:0) magʻlub etdi. 2019-yil 18-sentabr kuni u Premer-liga doirasidagi «Reynjers»ga qarshi oʻyinda (2:0) «Glazgo City» darvozasiga 30-daqiqada birinchi golini urishga muavvafaq boʻldi. 2019-yil 26-sentabrda javob oʻyinida u Chertanovo darvozasiga gol urdi (4:1). 2019-yil 29-sentabr kuni u Premer-liga doirasida Stirling universiteti jamoasiga qarshi oʻyinda (8:1) 42 va 81-daqiqalarda oʻzini koʻrsatib, dubl qayd etdi. 2019-yil oktabr oyida u Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichi doirasida Daniyaning «Brondbyu» klubiga (2:0 va 0:2) qarshi oʻyinda maydonga tushdi, bu oʻyinda «Glazgo City» penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi (3:1). 2019-yil 23-oktabr kuni u «Glazgo City» tarkibida Shotlandiya chempioni boʻldi, u Motherwellni (10:0) ortda qoldirib, muddatidan oldin ketma-ket 13-chi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2019-yil 24-noyabrda u Hibernianga qarshi final oʻyinida maydonga tushib, Shotlandiya kubogi-2019 sohibiga aylandi, unda Glazgo Siti 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Hammasi boʻlib, 2019-yilgi mavsumda u «Glazgo City» uchun Premer-ligada 9 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.

Premer-ligadagi 2020-yilgi mavsum COVID-19 tarqalishi sababli bekor qilindi va oʻyinlar oʻtkazilamdi, shuningdek, Shotlandiya kubogi va Shotlandiya liga kubogi ham toʻxatatildi. 2020-yil 21-avgustda u Chempionlar ligasining 2019/20-yilgi mavsumining 1/4 finalining qoldirilgan oʻyinida oʻynadi, unda «Glazgo City» Germaniyaning «Volfsburg» jamoasiga qarshi bir oʻyinda yirik 1:9 hisobida magʻlub boʻldi. 2020-yil 18-oktabrda Rchel chempionatning 1-turida «Seltik»ga qarshi oʻyinda (2:0) darvozani ishgʻol qilib, 63-daqiqada hisobni ochdi. 2020-yil 1-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Premer-liganing navbatdagi oʻyinida u Forfar Farmington (8:1) darvozasiga ham gol urdi. 2020-yilning 4-noyabrida Rachel Chempionlar ligasining 2020/21-yilgi mavsumi birinchi saralash bosqichida «Pimaunt Irlandiya»ga qarshi oʻynadi, oʻyinda «Glazgo City» penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 18-noyabr kuni u Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Islandiyaning Valur jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1, pen. 4:3) ishtirok etgan. 2020-yil 22-noyabrda u Hartsga qarshi oʻyinda (5:0) raqib darvozasiga gol urib, 3-daqiqada hisobni ochgan.

Reynjers



2020-yilning dekabrida u Reynjersga oʻtdi va 2020-yilning yozida dastlabki shartnomasini imzoladi. 2020-yil 6-dekabrda Rachel «Reynjers» safida «Motherwell»ga qarshi uy uchrashuvida (9:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2021-yilning 23-mayida u Premyer-liga doirasidagi «Seltik»ga qarshi oʻyinda (1:2) «Reynjers» safidagi ilk golini urishga muvvafaq boʻldi. 2021-yil 30-may kuni u Premyer-liga oʻyinida 33-daqiqada Motherwell darvozasiga (6:0) zarba berib, «Reynjers» uchun ikkinchi golini urdi. Hammasi boʻlib 2020/21-yilgi mavsumda u «Reynjers» tarkibida 15 ta oʻyin oʻtkazdi (barchasi Premer-ligada) va 2 ta gol urdi.

Terma jamoadagi karyera



2013-yildan 2014-yilgacha U 17 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida oʻynagan, u 2013-yil 12-sentabrda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1: 0) debyut qilgan. Milliy terma jamoa tarkibida u 2014-yilgi Yevropa chempionatida (17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida) ishtirok etdi, turnirda bitta oʻyin oʻtkazdi, guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Fransiyaga qarshi (0:1) zaxiradan maydonga tushdi.

2014-yildan 2016-yilgacha U Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynadi va 2014-yilning 20-avgustida Avstriyaga qarshi debyut qildi. 2014-yil 13-sentabrda ikkinchi oʻyinda (19 yoshgacha boʻlgan qizlar) 2015-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinida Albaniyaga qarshi (8: 0) milliy terma jamoadagi (19 yoshgacha) birinchi golini urdi. U 19 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasi safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2016-yil 20-oktabrda u bosh murabbiy Anna Signel boshchiligida Shotlandiya terma jamoasida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:7) debyut qildi va 86-daqiqada Kersti Smit oʻrniga maydonga tushdi. 2017-yilning mart oyida u Kipr kubogida qatnashib, Avstriya (3:1) va Uels (0:0, 6:5 pen.) jamoalari bilan turnirda ikkita oʻyin oʻtkazdi hamda Shotlandiya 5-oʻrinni egallashiga xissa qoʻshdi.

2017-yil 27-iyun kuni u bosh murabbiy Anna Signel tomonidan Niderlandiyada boʻlib oʻtadigan 2017-yilgi Yevropa chempionati jamoasi uchun Shotlandiya terma jamoasining rasmiy roʻyhatiga kiritildi. Angliya, Ispaniya va Portugaliya jamoalari bilan birga bir guruhdan joy olishdi. Turnirda u Portugaliyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan (1:2), 3-oʻrinni egallagan Shotlandiya esa guruhdan chiqmadi.

2018-yilning yanvar oyida Rachel milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Shelli Kerr qoʻl ostida Norvegiya (0:3) va Rossiya (0:0) bilan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. 2019-yil may oyida Kerr Shotlandiya birinchi marta saralangan va Fransiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2019 oʻyinlari uchun oʻz takrkibiga Rachelni kiritmadi. U 2021-yilning fevraliga qadar terma jamoa lageriga jalb qilinmagan. Bosh murabbiy Styuart Maklaren uni Kipr va Portugaliyaga qarshi 2022-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etishga chaqirdi.

Yutuqlar



Klubdagi yutuqlar



Hibernian

Glazgo City

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz