Rachel Ingalls




Rachel Holmes Ingalls (1940-yil 13-may – 2019-yil 6-mart) – amerikalik yozuvchi, 1965-yildan keyin Birlashgan Qirollikda yashagan. U „Theft“ uchun 1970-yilda Mualliflar klubining birinchi roman mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning romani „Mrs. Caliban“ asari 1982-yilda, „Times Like This“ nomli qisqa hikoyalar toʻplami esa 2005-yilda nashr etilgan.

1997-yildagi Wayne Wangning "Chinese Box " filmi qahramoni Jean – Ingallsning „Last Act: The Madhouse“ qisqa hikoyasidan ilhomlangan holda yaratilgan.

Biografiyasi



Ingalls 1940-yil 13-mayda Bostonda tugʻilgan va otasi Harvard professori boʻlgani sababli Massachusets shtatining Cambridge shahrida katta boʻlgan. U 1964-yilda Radcliffe kollejida bakalavr darajasini olgan va shundan soʻng Angliyaga koʻchib kelgan.

Boʻlajak yozuvchi Phyllisning qizi va marhum sanskrit mutaxassisi Daniel Henry Holmes Ingalls va kompyuter olimi Dan Ingallsning singlisi edi.

Ingalls 2019-yil 6-mart kuni 78 yoshida Londonda shifokorlar nazorati ostida miyelomadan vafot etgan.

Faoliyati



Rachel, shuningdek, 1983-yilda „Binstead’s Safari“ asarini ham yozgan. Ingallsning obroʻsi chuqur hayrat va olqish bilan ajralib turadi, ammo unda maʼlum darajada noaniqlik ham mavjud. U „Theft“ kitobi uchun Mualliflar klubining birinchi roman mukofotiga sazovor boʻlgan. 1986-yilda Britaniya Kitob Marketing Kengashi shu paytgacha uncha maʼlum boʻlmagan „Mrs. Caliban“ asarini Ikkinchi jahon urushidan keyingi 20 ta eng buyuk Amerika romanlaridan biri deb nomlagan va ularda bu kitobga ham, yozuvchiga ham katta qiziqish uygʻongan. Avvalroq esa „Mrs. Caliban“ uchun maqtovlar John Updikedan ham kelgan edi. Yozuvchi Daniel Handler Ingalls ijodining himoyachisi hisoblangan. Joy Wiliams Book Post uchun yozgan ishiga umumiy sharhda shunday deb eʼtirof etgan edi: „[Ingalls] odamlar va hodisalarning haqiqiy emasligini, dunyoning markazidagi shubhalilikni yaxshi his qilgan“.

Bibliografiyasi



Theft (1970). London: Faber. ISBN 9780571139910

The Man Who Was Left Behind and Other Stories (1974). London: Faber. ISBN 0571104800ISBN 0571104800

Mrs. Caliban (1982). London: Faber. ISBN 0571118267ISBN 0571118267

Binstead’s Safari (1983). London: Dent. ISBN 0460022512ISBN 0460022512

Three of a Kind (1985). London: Faber. ISBN 0571136060ISBN 0571136060

The Pearlkillers (1986). London: Faber. ISBN 0571137954ISBN 0571137954

The End of Tragedy (1987). London: Faber. ISBN 0571148409ISBN 0571148409

Four Stories (1987). London: Faber. ISBN 0571145469ISBN 0571145469

Days Like Today (2000). London: Faber. ISBN 0571201105ISBN 0571201105

Times Like These (2005). Saint Paul, Minn: Graywolf Press. ISBN 9781555974312ISBN 9781555974312

Black Diamond (2013). London: Faber and Faber. ISBN 9780571300112ISBN 9780571300112

In the act, New York : New Directions Publishing , 2023, ISBN 978-0-8112-3204-3

No love lost, selected novellas; with a foreword by Patricia Lockwood, London  : Faber & Faber, 2023, ISBN 978-0-571-37658-2

2017-yilda Pharos Daniel Handler tomonidan tanlangan va taqdim etilgan Ingalls hikoyalari toʻplamini Three Masquerades: Novellas nomi ositad nashrdan chiqargan
. (ISBN 9781940436449).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz