Rachael Lippincott
Rachael Lippincott – kitoblari New York Timesda eng koʻp sotilgan amerikalik yozuvchilardan biri. U 2018-yil 20-noyabrda nashr etilgan Five Feet Apart kitobining voqealar jarayonini yozishi bilan mashhur boʻlgan, shuningdek, ushbu kitob asosida rejissyor Justin Baldoni tomonidan film suratga olingan.
Yoshlik yillari
Lippincott Filadelfiyada tugʻilgan va Pensilvaniya shtatining Bucks okrugida katta boʻlgan. U 2013-yilda George maktabini tamomlagan. Lippincott ixtisosligini ingliz yozuviga oʻzgartirishdan oldin, dastlab Pittsburgh universitetida meditsina boʻyicha oʻqigan. U yozuvchi Siobhan Vivian tomonidan oʻqitiladigan „Yoshlar adabiyotini yozish“ darsini olgan, bu dars esa uning uchun hamma narsani oʻzgartirgan. Boʻlajak yozuvchi universitetni 2017-yilda bitirgan.
Faoliyati
2018-yilda Lippincott Mikki Daughtry va Tobias Iaconis ssenariysidan tashqari Five Feet Apart romanini yozgan. Kitob milliondan ortiq nusxada sotilgan va New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatida 60 hafta davomida qayd etigan . U 11-yillik
Goodreads Choice taqdirlanishida „Yoshlar uchun eng yaxshi fantastik asar“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan.
2020-yilda Lippincott „All this Time with Mikki Daughtry“ asarini nashr etgan. Bu New York Timesning bestseller asari edi.
Lippincottning navbatdagi romani „The Lucky list“ 2021-yil 1-iyun kuni chop etilgan. Bu uning birinchi mustaqil holda yozgan romani edi.
Keyinchalik Lippincott rafiqasi Alyson Derrick bilan birgalikda „She Gets the Girl“ romanini yozgan. Roman oʻzlarining sevgi tarixidan ilhomlanib yozigan . Bu kitob ham New York Timesning bestseller asari boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Hozirda Lippincott turmush oʻrtogʻi va oʻzlarining iti Hank bilan Pennsilvaniyada yashaydi.
Bibliografiyasi
• 2018 – „Five Feet Apart“
• 2020 – „All This Time“
• 2021 – „The Lucky List“
• 2022 – „She Gets the Girl“
• 2023 – „Pride and Prejudice and Pittsburgh“
Manbalar
uz.wikipedia.org