Rachael Adams




Rachael Alekxis Adams (1990-yil 3-iyunda tugʻilgan) — Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol jamoasida oʻrta bloker sifatida oʻynagan amerikalik sobiq professional voleybolchisi hisoblanasi. Adams milliy terma jamoa bilan 2014-yilgi Jahon chempionatida oltin va 2016-yilgi Rio Olimpiadasida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan professional darajada oʻyin koʻrsata oladigan voleybolchi sifatida ommaning mexrini qozongan.

Faoliyati



U Ogayo shtatining Cincinnati shahridagi Notre Dame oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda voleybol oʻynagan. Keyin u Ostindagi Texas universitetida kollej voleybolida ham oʻynadi. 2012-yilda, Texasda boʻlganida, Adams voleybol boʻyicha Honda Sports mukofotining toʻrtta finalchisidan biri sifatida nomlangan edi.

Adams 2014-yilgi jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan AQSh terma jamoasining bir qismi boʻlgan, jamoa final oʻyinida Xitoyni 3:1 hisobidaham magʻlub etgan edi.

Adams 2016-yilgi Jahon Gran-prisi davomida braziliyalik Thaísa Menezes bilan birga eng yaxshi oʻrta blokerlar qatorida taqdirlandi.

Eczacıbaşı VitrA jamoasi bilan 2016-yilgi FIVB voleybol ayollar klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Adams Eczacıbaşı VitrA bilan 2016-2017-yilgi mavsumda CEV Chempionlar Ligasi bronza medalini qoʻlga kiritdi, uning jamoasi Rossiyaning Dinamo Moskva jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etadiva u shuningdek, eng yaxshi oʻrta bloker bilanbirga taqdirlanadi. 2017-2018-yilgi mavsum oxirida u Italiyaning Monza klubi bilan shartnoma imzoladi va Italiya A1 ligasida oʻynaydi.

Mukofotlari



Individual




Klublari




Milliy terma jamoasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz